Sport

JCH—2026: Misr Yangi Zelandiyadan ustun keldi, Kabo-Verde–Urugvay va Eron–Belgiya o‘yinlarida durang qayd etildi

G guruhida Misr 4 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi, Eron va Belgiya hisobida 2 tadan ochko mavjud, Yangi Zelandiya esa 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.

JCH—2026: Misr Yangi Zelandiyadan ustun keldi, Kabo-Verde–Urugvay va Eron–Belgiya o‘yinlarida durang qayd etildi

 

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionatining G guruhi 2-turidan o‘rin olgan Yangi Zelandiya va Misr terma jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Murosasiz kechgan uchrashuvda Misr terma jamoasi hisobda ortda borayotganiga qaramay, kambek amalga oshirib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

 

Uchrashuvning 15-daqiqasida Yangi Zelandiya safida Finn Surman gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

 

Ikkinchi bo‘limda esa tashabbus to‘liq Misr terma jamoasi qo‘liga o‘tdi. 59-daqiqada Mostafo Ziko muvozanatni tikladi. Oradan sakkiz daqiqa o‘tib, jamoa sardori Muhammad Saloh raqib darvozasini ishg‘ol qilib, Misrni hisobda oldinga olib chiqdi.

 

Uchrashuvning 82-daqiqasida Mahmud Trezege tomonidan kiritilgan gol yakuniy natijani o‘rnatdi.

 

H guruhida Kabo-Verde terma jamoasi Urugvay bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, G guruhida Eron va Belgiya terma jamoalari g‘olibni aniqlay olmadi.

 

AQSHning Mayami shahridagi “Hard Rock” stadionida bo‘lib o‘tgan Urugvay — Kabo-Verde bahsidagi hisob 21-daqiqada Kabo-Verde yarim himoyachisi Kevin Lenini tomonidan ochildi. Birinchi bo‘lim yakunlanishiga yaqin urugvayliklar tashabbusni o‘z qo‘liga oldi. Avvaliga 44-daqiqada Maksimiliano Arauxo muvozanatni tikladi, bo‘limga qo‘shib berilgan 45+6-daqiqada esa Agustin Kanobbio Urugvayni hisobda oldinga olib chiqdi.

 

Ikkinchi bo‘limda Kabo-Verde taslim bo‘lmadi. 61-daqiqada Elio Varela raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni tenglashtirdi. Qolgan daqiqalarda har ikki jamoa g‘alaba golini izlagan bo‘lsa-da, uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

 

Shu tariqa, Kabo-Verde ketma-ket ikkinchi turda ham favoritlardan ochko tortib oldi. Avvalgi turda jamoa Ispaniya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagandi.

 

Shuningdek, Kaliforniyaning Inglvud shahrida bo‘lib o‘tgan G guruhi uchrashuvida Eron va Belgiya terma jamoalari 0:0 hisobida durang qayd etdi.

 

Bahsning 25-daqiqasida Mehdi Taremi tomonidan kiritilgan gol VAR tekshiruvidan so‘ng ofsayd sababli bekor qilindi. 66-daqiqada esa Belgiya himoyachisi Natan Ngoi qizil kartochka olib, maydonni tark etdi va yevropaliklar uchrashuvning qolgan qismini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazdi.

 

Belgiya o‘yin davomida ustunlikka ega bo‘lgan bo‘lsa-da, Eron darvozaboni Alirizo Beyranvand ishonchli harakat qilib, yettita seyv amalga oshirdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

 

Ikki turdan so‘ng G guruhida Misr 4 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Eron va Belgiya hisobida 2 tadan ochko mavjud, Yangi Zelandiya esa 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"