Siyosat

Saida Mirziyoyeva “Ostona” xalqaro moliya markazi faoliyati bilan tanishdi

Toshkent xalqaro moliya markazi loyihasi doirasida Qozog‘iston tajribasi o‘rganilmoqda.

Saida Mirziyoyeva “Ostona” xalqaro moliya markazi faoliyati bilan tanishdi

 

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozog‘istonga tashrifi doirasida “Ostona” xalqaro moliya markazi faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida moliyaviy infratuzilmani rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va xalqaro moliyaviy xizmatlar bozorini kengaytirish borasidagi ilg‘or tajribalar o‘rganilgan.

 

                                     

 

Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilayotgan bir paytda Qozog‘istonning mazkur yo‘nalishdagi tajribasini o‘rganish alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidlagan.

 

                                       

 

Qayd etilishicha, “Ostona” xalqaro moliya markazi xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, biznes uchun qulay muhit yaratish va xalqaro moliyaviy xizmatlar bozorini rivojlantirishda mintaqaning muhim platformalaridan biri hisoblanadi.

 

                                       

 

Tomonlar o‘rtasidagi tajriba almashinuvi nafaqat O‘zbekiston va Qozog‘iston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasiga investitsiyalar oqimini kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

 

                                     

custom img

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston rasmiylari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Saida Mirziyoyeva Ostona shahrida Qozog‘iston Prezidenti administratsiyasi rahbari Roman Sklyar va Davlat maslahatchisi Yerlan Karin bilan uchrashdi.

custom img

AQSh va Eron oʻrtasidagi kelishuv tinchlik uchun mustahkam zamin yaratadi — TIV

Oʻzbekiston AQSh va Eron oʻrtasida imzolangan oʻzaro anglashuv memorandumini mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik yoʻlidagi muhim diplomatik yutuq sifatida baholadi.

custom img

Toshkent va Masqat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Shavkat Mirziyoyev O‘mon Sultonligi iqtisodiyot vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

custom img

O‘zbekiston va YTTB o‘rtasidagi loyihalar portfeli 7 milliard dollardan oshdi

Shavkat Mirziyoyev YTTB prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

custom img

O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari uchrashdi

Germaniya birinchi xonimi O‘zbekistondagi inklyuziv ta’lim tizimini yuqori baholadi.

custom img

Toshkent investitsiya forumi: 100 mamlakatdan 4 mingdan ziyod ishtirokchi

Forumda O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun 6 ta ustuvor yo‘nalish belgilandi.

custom img

Toshkentda Volkswagen avtomobillarini yig‘ish loyihasi ishga tushirildi

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida moliyaviy hamkorlik va grant dasturlarini nazarda tutuvchi kelishuvlar imzolandi.

custom img

O‘zbekiston va Germaniya yetakchilari Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekishdi

Ushbu marosim mamlakatlar do‘stligi va ishonch ramzi sifatida baholandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"