O'zbekiston

Toshkentda avtobus piyodani urib yubordi

26 yoshli fuqaro svetoforning taqiqlovchi ishorasida piyodalar yo‘lagidan yugurib o‘tgan.

Toshkentda avtobus piyodani urib yubordi

 

Toshkent shahrida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida piyoda bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, hodisa 21-iyun kuni soat 21:00 lar atrofida Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli ko‘chasida yuz bergan. 38-sonli yo‘nalishda harakatlangan “King Long” rusumli avtobus haydovchisi Janubiy vokzal tomonga ketayotgan vaqtda tartibga solinadigan piyodalar o‘tish joyidan svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida yugurib o‘tgan 26 yoshli A.A.ni urib yuborgan.

 

Ma’lum qilinishicha, avtobus haydovchisi zudlik bilan transport vositasini to‘xtatib, jabrlanuvchini tez tibbiy yordam mashinasida 16-sonli shifoxonaga yetkazgan. Hozircha uning salomatligi yuzasidan ma’lumot berilmagan.

 

Hodisa Toshkent shahar IIBB mas’ul xodimlari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq poytaxtning Bektemir tumanida “Yutong” elektrobusi orqaga harakatlanayotganda 1991-yilda tug‘ilgan piyodani bosib ketishi oqibatida u voqea joyida halok bo‘lgandi.

 

 

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.