O'zbekiston

Toshkentda bo‘yoq hididan zaharlangan 3 nafar ishchining hayoti saqlab qolindi

Ular qurilish obyektining 2-qavat pastki yer to‘lasida bo‘yoqlash ishlarini olib borayotgan bo‘lgan.

Toshkentda bo‘yoq hididan zaharlangan 3 nafar ishchining hayoti saqlab qolindi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida qurilish obyektining yer to‘lasida ishlayotgan 3 nafar ishchi qutqarib qolindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 22-iyun kuni soat 18:30 atrofida 112 tizimi orqali Taras Shevchenko ko‘chasida joylashgan qurilishi davom etayotgan binoning ikkinchi qavat pastki yer to‘lasida bo‘yoqlash ishlarini olib borayotgan ishchilarning bo‘yoqdan ajralib chiqqan hiddan ahvoli yomonlashgani haqida xabar kelib tushgan.

 

Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi qutqaruvchilari fuqarolarni chuqurdan olib chiqib, ularga birinchi yordam ko‘rsatgan. 

 

Shundan so‘ng ular tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.

 

Qayd etilishicha, qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida uch nafar fuqaroning hayoti saqlab qolingan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"