O'zbekiston

O‘zbekistonning 2 ta qishlog‘i Qirg‘izistonga berildi

O‘zbekistonga ham maydoni jihatidan teng bo‘lgan yer uchastkalari topshirilgani aytilmoqda.

O‘zbekistonning 2 ta qishlog‘i Qirg‘izistonga berildi

Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida davlat chegarasini demarkatsiya qilish jarayonlari doirasida Farg‘ona viloyati tarkibida bo‘lgan Cho‘ng‘ara va Tosh-Tepa qishloqlari Qirg‘iziston hududiga o‘tdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi Asqat Alagozov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda 24.kg.

 

Alagozovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur qishloqlarda yashovchi qariyb 2,5 ming nafar etnik qirg‘iz endilikda Qirg‘iziston fuqaroligini oladi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, buning evaziga Qirg‘iziston tomoni O‘zbekistonga chegara hududida maydoni jihatidan teng bo‘lgan yer uchastkalarini topshirgan.

 

Shuningdek, Soy va Tayan qishloqlari o‘rtasida avtomobil yo‘lini qurish maqsadida umumiy maydoni 236 gektar bo‘lgan teng qiymatdagi yer uchastkalari ham o‘zaro almashilgan.

 

Yangi yo‘l foydalanishga topshirilgach, Botken viloyati aholisi Aydarkendan Botkenga 225 kilometrli aylanma yo‘l o‘rniga 55 kilometr masofani bosib o‘tib yetib borishi mumkin bo‘ladi.

 

Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston va O‘zbekiston davlat chegarasining ayrim uchastkalari bo‘yicha shartnoma ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari tomonidan 2022-yil noyabr oyida imzolangan. 2023-yil yanvar oyida esa O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Bishkekka davlat tashrifi chog‘ida tomonlar ratifikatsiya yorliqlarini o‘zaro almashgan.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.