Jahon

Rossiyada deputat bolalarni 5-sinfdan harbiy tayyorgarlikka jalb etishni taklif etdi

U mamlakat NATO bilan ehtimoliy qarama-qarshilikka hozirdanoq tayyorlanishi kerakligini ta’kidlagan.

Rossiyada deputat bolalarni 5-sinfdan harbiy tayyorgarlikka jalb etishni taklif etdi

 

Rossiya Davlat Dumasi deputati Viktor Vodolatskiy mamlakat 2030-yilda NATO va Yevropa Ittifoqi bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan harbiy qarama-qarshilikka hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rishi kerakligini bildirib, maktablarda boshlang‘ich harbiy tayyorgarlikni kuchaytirishni taklif qildi.

 

“Abzats” nashriga bergan intervyusida deputat harbiy-sanoat majmuasini rivojlantirish bilan bir qatorda, yosh avlodni ham turli tashqi tahdidlarga tayyorlash zarurligini ta’kidlagan. Uning fikricha, kadet korpuslari tajribasi asosida beshinchi sinfdan boshlab o‘quvchilarga Vatan, oila va milliy manfaatlarni himoya qilishga oid fanlarni o‘qitish lozim.

 

Biroq ushbu tashabbus Davlat Dumasi qo‘mitalari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagan.

 

Xususan, Oila himoyasi, otalik, onalik va bolalik qo‘mitasi raisi Nina Ostanina ta’lim dasturida allaqachon “Hayot faoliyati xavfsizligi asoslari” kursi mavjudligini eslatib, unda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, zamonaviy qurollar va xavfsizlik masalalariga oid bilimlar berilishini qayd etgan.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalar o‘zlarini himoya qilishga tayyor bo‘lishi zarur, biroq yangi alohida fanni joriy etish maqsadga muvofiq emas.

 

Davlat Dumasi Ta’lim qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Mixail Berulava ham amaldagi dasturlar yetarli ekanini ta’kidlab, qo‘shimcha harbiy tayyorgarlik kurslarini joriy etishga ehtiyoj yo‘qligini bildirgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.