O'zbekiston

Banklar omonatlar va yirik pul o‘tkazmalari bo‘yicha ma’lumotlarni Soliq qo‘mitasiga berishi mumkin

Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari ushbu tartibga kiritilmaydi.

Banklar omonatlar va yirik pul o‘tkazmalari bo‘yicha ma’lumotlarni Soliq qo‘mitasiga berishi mumkin

Soliq qo‘mitasi banklar va soliq organlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini kengaytirishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etdi.

 

Hujjatga ko‘ra, soliq organlari jismoniy va yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlari hamda omonatlari haqidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. 

 

Shuningdek, fuqarolarning bank kartalariga boshqa jismoniy shaxslarning kartalari yoki elektron hamyonlaridan bir oy davomida bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari — 206 million so‘m va undan ortiq mablag‘ kelib tushgan holatlar to‘g‘risidagi axborot ham Soliq qo‘mitasiga taqdim etilishi rejalashtirilmoqda. Bunda yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari ushbu tartibga kiritilmaydi.

 

Loyihada banklar tomonidan jismoniy shaxslarning xorijdagi yuridik shaxslarga amalga oshirgan pul o‘tkazmalari haqidagi ma’lumotlarni ham Soliq qo‘mitasiga yetkazish ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, taqdim etiladigan axborotda shaxsga doir ma’lumotlar aks ettirilmaydi.

 

Qaror loyihasiga muvofiq, Soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ikki oy ichida “Bank-soliq” nomli avtomatlashtirilgan axborot almashish modulini yaratishi kerak. Shundan so‘ng to‘rt oy davomida tijorat banklari axborot tizimlarini ushbu platforma orqali soliq organlari tizimlari bilan integratsiya qilish rejalashtirilgan.

 

Hujjatda qayd etilishicha, mazkur mexanizm prezidentning naqdsiz hisob-kitoblarni kengaytirish, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish hamda soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishga oid farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

 

Qaror loyihasi yuzasidan jamoatchilik muhokamasi 8-iyulga qadar davom etadi.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.