O'zbekiston

"Bunyodkor" stadionida katta tartibsizlik yuz berdi: jabrlanganlar bor

O‘zbekiston-Portugaliya o‘yinini ko‘rgani borganlar ko‘rsatmalarga rioya qilmay, stadionga kirishga uringan va katta tirbandlik yuzaga kelgan.

"Bunyodkor" stadionida katta tartibsizlik yuz berdi: jabrlanganlar bor

Toshkentdagi “Bunyodkor” stadioni yaqinida O‘zbekiston va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi Jahon chempionati uchrashuvi translyatsiyasi vaqtida yuzaga kelgan tiqilinch oqibatida odamlar jabrlangani aniqlangan. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi. 

 

Tarmoqlarda tarqalgan videolarda stadion hududiga kirishga urinayotgan fuqarolar, ayrimlarning to‘siqlardan oshib o‘tayotgani hamda huquq-tartibot organlari va Milliy gvardiya xodimlarining olomonni nazorat qilishga urinayotgani aks etgan. 

 

Toshkent shahri IIBB ma’lumotiga ko‘ra, 23-iyun kuni “Bunyodkor” stadioni fan-zonasida o‘yinni tomosha qilish uchun ajratilgan barcha o‘rinlar to‘lib bo‘lgan. 

 

Shu sababli soat taxminan 21:00 da stadionga kirish vaqtincha to‘xtatilgan va tashrif buyurgan fuqarolarga boshqa tumanlardagi fan-zonalarga borish tavsiya etilgan. 

 

Bildirilishicha, fuqarolarning bir qismi ushbu qarordan norozi bo‘lib, belgilangan tartibni buzgan holda stadion hududiga kirishga uringan. IIBB va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan jamoat tartibi tiklangan, tartibni buzishga uringan shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularga rasmiy ogohlantirish berilgan. 

 

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi hodisadan so‘ng jabrlanganlar tibbiyot muassasasiga olib kelinganini nashrga tasdiqlagan. Biroq ularning soni va jarohatlarining og‘irlik darajasi haqida ma’lumot berilmagan. 

 

Toshkent shahri IIBB ham hodisa oqibatida jabrlanganlar borligini ma’lum qilib, ularning soni va ahvoli yuzasidan ma’lumot olish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qilishni tavsiya etgan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.