Jahon

Fransiyada Ebola virusi bilan kasallanishning ilk holat qayd etildi

Bemor bilan aloqada bo‘lgan shaxslar aniqlanib, ularga 21 kun davomida tibbiy kuzatuv ostida bo‘lish va o‘zini izolyatsiya qilish tavsiya etilgan.

Fransiyada Ebola virusi bilan kasallanishning ilk holat qayd etildi

 

Fransiyada Ebola virusini yuqtirish bilan bog‘liq birinchi holat rasman tasdiqlandi. Bu haqda Le Monde nashri mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, virus Kongo Demokratik Respublikasida gumanitar missiyada faoliyat yuritgan shifokorda aniqlangan. U Fransiyaga qaytgan zahoti, test natijalari tasdiqlanishidan avval ham ehtiyot chorasi sifatida xavfli infeksiyalarga ixtisoslashgan tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan. Hozirda bemorning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.

 

Fransiya sog‘liqni saqlash organlari tomonidan epidemiologik tekshiruv boshlangan. Bemor bilan aloqada bo‘lgan shaxslar aniqlanib, ularga 21 kun davomida tibbiy kuzatuv ostida bo‘lish va o‘zini izolyatsiya qilish tavsiya etilgan.

 

AFP agentligi xabariga ko‘ra, mamlakat Bosh vaziri Sebastyan Lekornu vaziyatni shaxsan nazoratga olgan. Fransiya rasmiylari sog‘liqni saqlash tizimi bunday xavfli infeksiyalarga qarshi samarali choralar ko‘rishga tayyor ekanini ta’kidlamoqda.

 

Ebola virusi yuqori o‘lim ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan gemorragik isitma kasalligi hisoblanadi. Hozirda Kongo Demokratik Respublikasining sharqiy hududlari, xususan Ituri viloyati epidemiyaning asosiy o‘chog‘i bo‘lib qolmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 900 dan ortiq tasdiqlangan holat qayd etilgan, 200 dan ortiq bemor vafot etgan. Kasallik Shimoliy Kivu va Janubiy Kivu viloyatlariga, shuningdek, qo‘shni Ugandaga ham tarqalgan.

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Ebola epidemiyasini xalqaro miqyosda tashvish uyg‘otuvchi sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyat sifatida baholab, vaziyat ustidan monitoringni kuchaytirgan.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.