Jahon

Ilon Mask trillioner maqomini yo‘qotdi

Uning sof boyligi 957 milliard dollargacha kamaygan.

Ilon Mask trillioner maqomini yo‘qotdi

 

Amerikalik milliarder va tadbirkor Ilon Mask qisqa muddat saqlab qolgan trillioner maqomini yo‘qotdi. Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlariga ko‘ra, uning sof boyligi 957 milliard dollargacha kamaygan.

 

Mask joriy yilning 12-iyun kuni tarixda trillion dollarlik boylikka ega bo‘lgan ilk inson sifatida qayd etilgandi. Biroq oradan 12 kun o‘tib, uning aktivlari qiymati pasayishi fonida boyligi yana 1 trillion dollardan pastga tushgan.

 

Asosiy omillardan biri SpaceX aksiyalarining ketma-ket to‘rt savdo sessiyasi davomida arzonlashgani bo‘ldi. 23-iyun kuni kompaniya aksiyalari 3,9 foizga pasayib, bir dona aksiya narxi 148,57 dollarni tashkil etgan. Natijada kompaniyaning bozor kapitallashuvi 1,99 trillion dollargacha kamaygan. Bu rekord darajadagi IPOdan buyon SpaceX qiymati ilk bor 2 trillion dollardan pastga tushganini anglatadi.

 

Iyun oyida o‘tkazilgan IPO jarayonida kompaniya 85 milliard dollardan ortiq mablag‘ jalb qilgan edi. O‘shanda SpaceXning bozor qiymati 2,9 trillion dollardan oshib, qisqa muddat ichida Microsoft va Amazon kabi gigant kompaniyalarni ortda qoldirgandi. Ammo keyingi haftalarda kompaniya qiymati qariyb 550 milliard dollarga qisqardi.

 

Shu bilan birga, Forbes reytingiga ko‘ra, Ilon Maskning boyligi hanuz 1,1 trillion dollar atrofida baholanmoqda. Turli reytinglar o‘rtasidagi tafovut aktivlarni baholash metodologiyasidagi farqlar bilan izohlanmoqda.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.