O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti AQSh delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston – AQSh strategik sheriklik munosabatlarini savdo-iqtisodiy sohada yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Prezidenti AQSh delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-iyun kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Savdo vakili Jeymison Grirni qabul qildi.

 

 

Uchrashuv avvalida vakil O‘zbekiston yetakchisiga AQSh Prezidenti Donald Trampning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

O‘zbekiston – AQSh strategik sheriklik munosabatlarini, avvalo, savdo-iqtisodiy sohada yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Ishbilarmonlik aloqalari faollashgani, o‘zaro tovar ayirboshlash va investitsiya ko‘rsatkichlari barqaror o‘sib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Yaqinda bo‘lib o‘tgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Amerika biznesi vakillari bilan o‘tkazilgan davra suhbatining amaliy natijalari muhokama qilindi.

 

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi doirasida hamkorlik qilish va ushbu jarayonlar kelgusida ham AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga alohida e’tibor qaratildi.

 

Yangi loyihaviy tashabbuslarni aniqlash va ilgari surish uchun Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi mexanizmidan samarali foydalanish muhimligi qayd etildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston Prezidenti AQSh delegatsiyasini qabul qildi | Zamon.uz