O'zbekiston

Qashqadaryo, Buxoro va Farg‘onada giyohvandlik vositalari savdosiga chek qo‘yildi

Tezkor tadbirlarda 5 kilogrammdan ortiq gashish, 7 kilogrammdan ziyod marixuana va mingdan ortiq “Tropikamid” preparati musodara qilingan.

Qashqadaryo, Buxoro va Farg‘onada giyohvandlik vositalari savdosiga chek qo‘yildi

 

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalari hamda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi qaratilgan bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Bu haqda DXX Zamon.uz' ga xabar berdi.

 

Jumladan, “Qarshi – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Cobalt” rusumli avtomashina YPX maskanida to‘xtatilib tekshirilganida, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida yashovchi fuqaroning qo‘l sumkasidan jami 5 kilogramm 32 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

 

Yana bir holatda, Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida istiqomat qiluvchi shaxs o‘z tomorqasida 33 tup “Kannabis” o‘simligini parvarishlayotgani fosh etilgan. Shuningdek, uning yashash manzilidan 7 kilogramm 79 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi ham musodara qilingan.

 

Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa “Andijon – Qo‘qon” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Lacetti” avtomashinasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv davomida avtomashinada bo‘lgan fuqarolarga tegishli qoplar ichidan 1200 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi aniqlangan.

 

Shuningdek, mazkur shaxslar bilan birga harakatlanayotgan yana bir fuqaro ham qo‘lga olinib, tadbirning davomi sifatida ushbu noqonuniy faoliyatga aloqador bo‘lgan yana ikki nafar shaxs ushlangan. Ulardan jami 345 dona “Tropikamid” hamda 15 dona “Regapen” dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu shaxslar kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini Qirg‘izistondan aylanma yo‘llar orqali olib kirib, noqonuniy realizatsiya qilish bilan shug‘ullangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli moddalarga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"