O'zbekiston

Samarqandda o‘qituvchilar endi ko‘chalardagi daraxt va trotuarlarni ham kuzatadi

Viloyat hokimining taʼkidlashicha ko‘chalardagi tozalik, daraxtlar holati va nogironlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘qituvchilar tomonidan o‘rganib boriladi.

Samarqandda o‘qituvchilar endi ko‘chalardagi daraxt va trotuarlarni ham kuzatadi

 

Samarqand viloyatida shahar ko‘chalarini oliy ta’lim muassasalariga biriktirish va ularning holatini muntazam monitoring qilib borish bo‘yicha yangi tashabbus ilgari surildi. Bu haqda viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan o‘tkazgan uchrashuvida ma’lum qilindi.

 

Uchrashuv davomida yoshlar salohiyatini hududlarni rivojlantirishga yo‘naltirish, shahar infratuzilmasini yaxshilash hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlariga ilmiy va tizimli yondashuvlarni tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

 

Viloyat hokimining ta’kidlashicha, har bir oliy ta’lim muassasasiga uning imkoniyati, talabalari soni va hududning hajmidan kelib chiqib bir yoki bir nechta ko‘cha biriktiriladi. Bunda oliygohlardan ko‘chalarni obodonlashtirish yoki moliyalashtirish talab etilmaydi. Ularning asosiy vazifasi ko‘chalar holatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va takliflar ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi.

 

Rejaga ko‘ra, biriktirilgan pedagog va talabalar har kuni tegishli ko‘chalarda yurib, hududning tozaligi, daraxt va butalarning holati, sug‘orish tizimi, piyodalar yo‘laklari, yo‘l infratuzilmasi, nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar hamda boshqa dolzarb masalalarni kuzatib boradi.

 

Shuningdek, qayerda daraxtlar quriyotgani, qaysi hududlarda yangi ko‘chat ekish zarurligi, yashil hududlarni qanday tartibda shakllantirish mumkinligi yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqiladi. Ko‘chalarni ko‘kalamzorlashtirishda landshaft va dizayn elementlariga ham alohida e’tibor qaratilishi ko‘zda tutilmoqda.

 

Mazkur tashabbus doirasida har bir ko‘cha bo‘yicha alohida “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, unda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish mexanizmlari aks ettiriladi. Aniqlangan kamchiliklar esa obodonlashtirish va kommunal xizmatlar uchun mas’ul tashkilotlarga taqdim etiladi.

 

Viloyat rahbari ushbu yondashuv bir martalik hasharlar amaliyotidan voz kechib, atrof-muhitga doimiy va tizimli g‘amxo‘rlik qilish madaniyatini shakllantirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Qayd etilishicha, yosh olimlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar salohiyatidan foydalanish orqali shahar muhitini yanada qulay, estetik va zamonaviy ko‘rinishga keltirish mumkin.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"