O'zbekiston

Toshkentda avtobusda ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi

U shahvoniy shilqimlik, mayda bezorilik hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslikda aybdor deb topilgan.

Toshkentda avtobusda ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi

 

Toshkent shahrida jamoat transportida ayolga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan erkakka nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudi qarorida ma’lum qilingan.

 

Sud hujjatlariga ko‘ra, 1976-yilda tug‘ilgan fuqaro 23-iyun kuni soat 07:45 atrofida Bektemir tumani hududida harakatlanayotgan 93-sonli avtobusda yonida o‘tirgan ayolga nisbatan nomunosib xatti-harakatlar sodir etgan. U avval ayolning qo‘liga tegingan, so‘ngra jinsiy a’zosini ochiq holda ko‘rsatgan.

 

Ma’lum qilinishicha, jabrlanuvchi yordam so‘rab baqirgach, erkak avtobusdan qochib ketishga uringan. Biroq haydovchi transport vositasi eshiklarini yopib qo‘ygan. Shundan so‘ng u janjal ko‘tarib, eshiklarni tepib ochishga harakat qilgan hamda atrofdagilarga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatgan.

 

Shuningdek, voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmay, ularga faol qarshilik ko‘rsatgan.

 

Sud majlisida fuqaro o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lib, hodisa vaqtida mast holatda bo‘lganini bildirgan. U qilgan ishidan pushaymon ekanini aytib, jabrlanuvchidan uzr so‘ragan.

 

Sud qarori bilan u shahvoniy shilqimlik, mayda bezorilik hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslikda aybdor deb topilgan. Natijada unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi hamda 2 million 60 ming so‘m miqdorida jarima tayinlangan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.