O'zbekiston

Venesuelada kuchli zilzila sodir bo‘ldi: minglab qurbonlar bo‘lishi aytilmoqda

Mamlakatda favqulodda holat eʼlon qilindi. Undan so‘ng Yaponiyada ham yuqori magnitudali zilzila qayd etildi.

Venesuelada kuchli zilzila sodir bo‘ldi: minglab qurbonlar bo‘lishi aytilmoqda

Kecha, 24 iyun kuni Venesuelada 7,2 va 7,5 balli ketma-ket ikkita kuchli zilzila yuz berdi.

 

Ma‘lumotlarga ko‘ra, avval 7,2 magnitudali yer silkinishi qayd etilgan bo‘lsa, oradan atigi 39 soniya o‘tib undan ham kuchliroq — 7,5 magnitudali zilzila yuz bergan.


Kuchli silkinishlar poytaxt Karakas va mamlakatning boshqa yirik shaharlarida keng ko‘lamli vayronagarchiliklarni keltirib chiqardi. Ko‘plab turar joylar va ma‘muriy binolar qulagan, odamlar esa vayronalar ostida qolib ketgan.

 

Qurbonlar soni 10 mingdan 100 minggacha yetishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Venesuela rasmiylari hozircha halok bo‘lganlar va jabrlanganlar sonini rasman maʼlum qilmagan.

 

Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges mamlakatda favqulodda holat eʼlon qildi. U zilzila tufayli Karakas xalqaro aeroporti yopilgani, metro va temir yo‘l qatnovi ham to‘xtatilganini aytdi. Shuningdek, aholini xotirjamlikni saqlashga va shikastlangan binolarni tark etishga chaqirgan.

 

Mutaxassislar ushbu zilzilani Venesuelada so‘nggi bir asrdan ortiq vaqt ichida kuzatilgan eng kuchli yer silkinishlaridan biri sifatida baholamoqda. Karakas aholisining ko‘pchiligi 1967 yilda sodir bo‘lgan avvalgi vayronkor zilzilani yodga olgan. O‘shanda ham poytaxtda eng ko‘p zarar qayd etilgan. Shaharning Palos Grande va Altamira tumanlarida turar joy binolari qulab tushgan, jami 200 dan ortiq odam halok bo‘lgan.

 

Venesuladan so‘ng Yaponiya shimoli-sharqida ham 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Avvaliga zilzila magnitudasi 6,9 deb baholangan, ammo keyinchalik bu maʼlumot qayta ko‘rib chiqilib, 7,2 magnituda ekani aniqlangan.


Zilzila Ivate prefekturasining Tinch okeani sohillari yaqinida, 44 kilometr chuqurlikda kuzatilgan. Yerosti silkinishlari eng kuchli darajada Aomori prefekturasining Xasikami shahrida sezilgan. Shuningdek, u poytaxt Tokio shahrida ham bilingan.


Xasikami va Xatinoxe shaharlari yong‘in-qutqaruv xizmatlari maʼlumotiga ko‘ra, to‘rt nafar fuqaro yengil jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"