O'zbekiston

Chirchiqda Bo‘zsuv kanaliga tushib ketgan fuqaro qutqarib qolindi

Fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida kanalga tushib ketgan. Suzishni bilmagani sababli u kuchli suv oqimida oqib ketgan.

Chirchiqda Bo‘zsuv kanaliga tushib ketgan fuqaro qutqarib qolindi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida Bo‘zsuv kanaliga tushib ketgan fuqaro Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan qutqarib qolindi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa 26-iyun kuni soat 09:50 atrofida Chirchiq shahrining “Do‘stlik” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanalida sodir bo‘lgan. Kamolot GES xodimlari suv oqimida oqib ketayotgan fuqaroni payqab, bu haqda zudlik bilan Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar bergan.

 

Xabarga asosan voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar suvga sho‘ng‘ib, fuqaroni qirg‘oqqa olib chiqqan.

 

Jabrlanuvchiga voqea joyining o‘zida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifokorlar ixtiyoriga topshirilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekani bildirilgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida kanalga tushib ketgan. Suzishni bilmagani sababli u kuchli suv oqimida oqib ketgan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.