Jahon

Endi boshpana so‘rovchilarga AQSh eshiklari yopiladi

Oq uy boshpana so‘rovchilarni boshqa davlatlarga yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.

Endi boshpana so‘rovchilarga AQSh eshiklari yopiladi

 

AQSh siyosiy boshpana so‘rab murojaat qilayotgan xorijiy fuqarolarni qabul qilishni to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Oq uy apparati rahbari o‘rinbosari va AQSh prezidenti maslahatchisi Stiven Miller ma’lum qildi deydi TASS.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi yondashuvga binoan AQSh hududiga boshpana so‘rab kelgan shaxslar mamlakatga qabul qilinmaydi. Buning o‘rniga ular boshpana berishga tayyor boshqa davlatlarga yo‘naltirilishi rejalashtirilmoqda.

 

Stiven Miller, shuningdek, AQSh–Meksika chegarasida migratsiya nazoratini yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidlab, janubiy chegarada berilayotgan boshpana so‘rovlarini tanqid qilgan.

 

Bundan tashqari, u AQShda vaqtinchalik himoyalangan shaxs maqomiga ega bo‘lgan Gaiti fuqarolarini imkon qadar tezroq o‘z vataniga qaytishga chaqirgan.

 

Mazkur bayonot AQSh Oliy sudi ma’muriyat foydasiga qaror chiqarganidan so‘ng yangragan. Sud qaroriga ko‘ra, hukumat Suriya va Gaiti fuqarolariga vaqtinchalik himoyalangan shaxs maqomini berishni to‘xtatishi mumkin.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.