Jahon

Ispaniyada jazirama oqibatida to‘rt kunda 200 dan ortiq kishi vafot etdi

Mamlakatda qizil xavf darajasi e’lon qilingan.

Ispaniyada jazirama oqibatida to‘rt kunda 200 dan ortiq kishi vafot etdi

 

Ispaniyada anomal issiq to‘lqini oqibatida so‘nggi to‘rt kun ichida kamida 212 kishi vafot etdi.

 

Mahalliy sog‘liqni saqlash idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, 21–24-iyun kunlari kuzatilgan keskin issiq havo o‘lim holatlarining sezilarli darajada oshishiga sabab bo‘lgan. Bu haqda AFP xabar berdi.

 

Hozirda Ispaniya, Fransiya hamda Markaziy va G‘arbiy Yevropaning qator davlatlarida anomal issiq sabab eng yuqori — qizil xavf darajasi e’lon qilingan.

 

Fransiyada ham vaziyat murakkabligicha qolmoqda. Yuqori harorat tufayli daryolar suvi me’yordan ortiq isib ketgani sabab ayrim atom elektr stansiyalarining faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Shuningdek, jaziramadan qochish maqsadida suv havzalariga kirgan 40 nafardan ortiq kishi cho‘kib halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ekstremal issiq, ayniqsa, keksalar va surunkali kasalliklarga chalingan fuqarolar uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Issiq urishi, suvsizlanish hamda yurak-qon tomir kasalliklari oqibatida o‘lim xavfi haroratning me’yordan har bir qo‘shimcha darajaga oshishi bilan taxminan 9–10 foizga ortadi.

 

Ma'lumot uchun, Ispaniyada 2025-yilda may–sentabr oylaridagi jazirama oqibatida 3 832 kishi vafot etgan. Mamlakatda eng yuqori ko‘rsatkich esa 2022-yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda anomal issiq sabab 4 789 kishi hayotdan ko‘z yumgan. So‘nggi o‘n yil davomida esa ekstremal haroratlar oqibatida jami 27 564 nafar fuqaro vafot etgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"