O'zbekiston

Oliy toifali o‘qituvchilar maqsadli magistraturaga qabul qilinadi

Maqsadli magistraturaga qabul qilingan oliy toifali o‘qituvchilar o‘qishni ish faoliyatidan ajralmagan holda masofaviy shaklda davom ettiradi.

Oliy toifali o‘qituvchilar maqsadli magistraturaga qabul qilinadi


Hukumatning 2026-yil 24-iyundagi 322-son qarori bilan umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilarni pedagogika yo‘nalishidagi magistraturaga maqsadli qabul qilish tizimi joriy etildi.



Qarorga ko‘ra, xalqaro akkreditatsiyalangan tizimda oliy malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar pedagogika sohasining magistratura bosqichida masofaviy taʼlim shaklida tahsil oladi.



Maqsadli magistraturaga qabul oliy taʼlim muassasalarining magistratura bosqichiga qabul qilish bo‘yicha amaldagi tartib asosida amalga oshiriladi.



Shuningdek, maqsadli magistraturaga qabul qilingan oliy toifali o‘qituvchilar o‘qishni ish faoliyatidan ajralmagan holda masofaviy shaklda davom ettiradi hamda magistraturani tamomlagach, uch yil davomida umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarida ishlash majburiyatini oladi.



Qarorda qayd etilishicha, ushbu tartib asosida maqsadli magistraturaga qabul qilingan o‘qituvchilarga nisbatan Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 avgustdagi 447-son qarorida nazarda tutilgan to‘lov-kontrakt mablag‘larini Davlat byudjeti hisobidan qoplash shartlari tatbiq etilmaydi.



2026/2027-o‘quv yilidan boshlab oliy toifali o‘qituvchilarni maqsadli magistraturada o‘qitish Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida yo‘lga qo‘yiladi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"