Jahon

Venesuelada zilzila qurbonlari soni 920 nafarga yetdi

Zilzilalardan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlarda aholi bedarak yo‘qolgan yaqinlarini o‘z kuchi bilan qidirmoqda.

Venesuelada zilzila qurbonlari soni 920 nafarga yetdi

Venesuelada ketma-ket sodir bo‘lgan kuchli zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni kamida 920 nafarga, jarohatlanganlar soni esa 3 360 nafarga yetdi. Bu haqda AP xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, chorshanba kuni kechqurun yuz bergan 7,2 va 7,5 magnitudali zilzilalardan so‘ng eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlarda aholi bedarak yo‘qolgan yaqinlarini o‘z kuchi bilan qidirmoqda. 

 

Fuqarolarning ta’kidlashicha, hukumat qutqaruv ishlari faol davom etayotganini bildirayotgan bo‘lsa-da, davlat qutqaruv guruhlari ofat eng og‘ir zarba bergan hududlarga yetarlicha yuborilmagan.

 

Mutaxassislarning qayd etishicha, zilziladan keyingi dastlabki 48–72 soat vayronalar ostida qolganlarni tirik holda qutqarish uchun eng muhim davr hisoblanadi. Agar jabrlanganlar oziq-ovqat va suv bilan ta’minlangan bo‘lsa, bu muddat biroz uzayishi mumkin.

 

Ayni paytda Venesuelaga xalqaro yordam ko‘rsatish ishlari jadallashgan. Dunyoning turli mamlakatlaridan 20 dan ortiq qutqaruv guruhi mamlakatga yetib kelgan yoki yaqin kunlarda yetib kelishi kutilmoqda.

 

Venesuela Milliy assambleyasi prezidenti Xorxe Rodrigesning ta’kidlashicha, “qutqarib qolingan har bir inson — bu mo‘jiza”.

 

Eslatib o‘tamiz, AQSh ma’muriyati Venesuelada yuz bergan vayronkor zilzilalar oqibatlarini bartaraf etish ishlari uchun 150 million dollar miqdorida gumanitar yordam ajratishini ma’lum qilgandi. Ajratilayotgan mablag‘ favqulodda qidiruv-qutqaruv ishlari, havo transporti orqali yordam yetkazish hamda gumanitar operatsiyalarni muvofiqlashtirishga yo‘naltiriladi.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"