Jahon

AQSh Venesueladagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun 150 mln dollar ajratadi

Mablag‘ favqulodda qidiruv-qutqaruv ishlari, havo transporti orqali yordam yetkazish hamda gumanitar operatsiyalarni muvofiqlashtirishga yo‘naltiriladi.

AQSh Venesueladagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun 150 mln dollar ajratadi

 

AQSh ma’muriyati Venesuelada yuz bergan vayronkor zilzilalar oqibatlarini bartaraf etish ishlari uchun 150 million dollar miqdorida gumanitar yordam ajratishini ma’lum qildi.

 

AQSh Davlat departamenti bergan bayonotga ko‘ra, ajratilayotgan mablag‘ favqulodda qidiruv-qutqaruv ishlari, havo transporti orqali yordam yetkazish hamda gumanitar operatsiyalarni muvofiqlashtirishga yo‘naltiriladi.

 

Ma’lum qilinishicha, yordam paketining 50 million dollari Venesueladagi hamkor tashkilotlarga, 100 million dollari esa BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) orqali taqdim etiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, 25–26-iyun kunlari Venesuelada ketma-ket 7,2, 7,5 va 4,5 magnitudali zilzilalar sodir bo‘lgan edi. Tabiiy ofatdan mamlakatning shimolidagi La Guayra shtati eng ko‘p zarar ko‘rdi va hudud favqulodda falokat zonasi deb e’lon qilingan.

 

Hozirda qutqaruv xizmatlari vayronalar ostida qolganlarni qidirish, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish hamda infratuzilmaga yetkazilgan zararni baholash ishlarini davom ettirmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Venesueladagi kuchli zilzilalar oqibatida 235 kishi halok bo‘lgan, 4 300 nafardan ortiq fuqaro jarohat olgan.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"