O'zbekiston

Yaponiya uchinchi bor Jahon chempionati pley-offiga yo‘l oldi

Shuningdek, Niderlandiya terma jamoasi Tunisni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Yaponiya uchinchi bor Jahon chempionati pley-offiga yo‘l oldi

 

Yaponiya terma jamoasi FIFA Jahon chempionati guruh bosqichining 3-turida Shvetsiya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab, pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

 

Shu tariqa, yapon futbolchilari o‘z tarixida uchinchi marta mundialning pley-off bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan.

 

Qayd etish joiz, Yaponiya terma jamoasi avvalgi ikki mundial — 2018 va 2022-yilgi Jahon chempionatlarida ham pley-off bosqichida ishtirok etgan edi. Endilikda jamoa ketma-ket uchinchi bor mundialning hal qiluvchi bosqichida o‘z omadini sinab ko‘radi.

 

"F" guruhi doirasidagi ikkinchi uchrashuvda esa Niderlandiya terma jamoasi Tunisni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Bahsning 3-daqiqasida tunislik Elyes Skhiri avtogol muallifiga aylangan. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, Brayan Brobbi hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib kelgan. Ikkinchi bo‘limda Yan Paul van Xekke niderlandiyaliklarning uchinchi golini urgan. Tunis safidagi yagona golga Hazem Masturi mualliflik qilgan.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"