O'zbekiston

“Men har biringizni eshitaman”: Saida Mirziyoyeva OAV xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Prezident administratsiyasi rahbari jurnalistlarning faoliyati davlat boshqaruvida muhim o‘rin tutayotganini ta’kidladi.

“Men har biringizni eshitaman”: Saida Mirziyoyeva OAV xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan jurnalistlar va media sohasi vakillarini kasb bayrami bilan tabrikladi.

 

Uning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston media sohasi professional jihatdan sezilarli darajada rivojlandi. Dolzarb va murakkab masalalar ochiq muhokama qilinayotgani, jurnalistlar bildirayotgan fikrlar esa davlat idoralari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarga tobora kuchliroq ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.

 

“Men har biringizni eshitaman. Sizlarning so‘zingiz, qat’iyatingiz hamda halolligingiz tufayli hayotimizda juda ko‘p narsa yaxshi tomonga o‘zgarmoqda. Bunga sizning befarq emasligingiz, shijoatingiz va jasoratingiz sabab bo‘lmoqda”, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

 

Shuningdek, u barcha jurnalist va ommaviy axborot vositalari xodimlariga sihat-salomatlik hamda baxt tiladi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.