O'zbekiston

“Oltin qalam” Milliy mukofoti – 2026 tanlovi g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi

Sherzod Asadov Prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigini o‘qib eshittirdi.

“Oltin qalam” Milliy mukofoti – 2026 tanlovi g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Toshkentdagi “O‘zbekiston” anjumanlar saroyida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning soha vakillariga yo‘llagan bayram tabrigi Sherzod Asadov tomonidan o‘qib eshittirildi.

 

 

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, davlat rahbari tabrigida mamlakatda so‘z erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash, davlat organlari faoliyatining ochiqligini kengaytirish hamda zamonaviy mediamakonni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida e’tibor qaratilgan.

 

 

Shuningdek, erkin va mas’uliyatli, xalqchil jurnalistika jamiyat hamda davlat taraqqiyotining muhim omillaridan biri ekani ta’kidlangan. 

 

 

OAV xodimlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, kasbiy mahoratini oshirish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari bundan buyon ham izchil davom ettirilishi qayd etilgan.

 

 

Tadbir davomida Prezident farmoniga muvofiq yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan soha vakillariga orden va medallar topshirildi. Shuningdek, jurnalistika sohasidagi nufuzli “Oltin qalam” Milliy mukofoti – 2026 tanlovi g‘olib va sovrindorlari e’lon qilinib, jurnalistlar, blogerlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari tantanali ravishda taqdirlandi.

 

 

Bosh mukofotni “O‘zbekiston 24” telekanalining “Tahlilnoma” ko‘rsatuvi jamoasi oldi. Ularga Prezident sovg‘asi "BYD Chazor" avtomobili topshirildi.

 

Bosma nashrlar yo‘nalishi:

 

  • 1-o‘rin – “Jadid” gazetasi tahririyati jamoasi (bosh muharrir Iqbol Mirzo);
  • 2-o‘rin – Mudofaa vaziri maslahatchisi Olimjon Usarov;
  • 3-o‘rin – Qoraqalpog‘iston bo‘yicha muxbir Alyona Aminova.

 

Radio yo‘nalishi:

 

  • 1-o‘rin – “Yoshlar” radiosi bosh muharriri Nargiza Kamolova;
  • 2-o‘rin – “Oriyat Dono” radiosi boshlovchisi Sanjar Tursunov;
  • 3-o‘rin – “Navoiy” radiosi katta muharriri Shahnoza Mahmudova.

 

Internet nashrlari yo‘nalishi:

 

  • 1-o‘rin – Anhor.uz bosh muharriri o‘rinbosari Boburjon Karimov;
  • 2-o‘rin – Zamon.uz nashri jamoasi;
  • 3-o‘rin – Ishonch.uz muharriri Maftuna Karimova.

 

 

 

 

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.