O'zbekiston

O‘zbekistonda alkogol va tamaki aylanmasi bo‘yicha 3 mingdan ortiq noqonuniy holatga chek qo‘yildi

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi sohada amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar haqida ma’lumot berdi.

O‘zbekistonda alkogol va tamaki aylanmasi bo‘yicha 3 mingdan ortiq noqonuniy holatga chek qo‘yildi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasida o‘tkazilgan brifingda sohada amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar haqida ma’lumot berildi.

 

Qayd etilishicha, inspeksiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF–84-son farmoniga muvofiq tashkil etilgan. U etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda alkogolning ulgurji savdosi uchun litsenziyalar beradi, shuningdek, litsenziya talablari bajarilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi.

 

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda mazkur sohada jami 12 694 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda. Shundan 2 tasi tamaki, 6 tasi etil spirti, 36 tasi alkogol, 17 tasi pivo mahsulotlari ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, 345 ta korxona ulgurji, 12 288 tasi esa chakana savdo bilan shug‘ullanadi.

 

Hisobot davrida litsenziyalash bo‘yicha 267 ta murojaat ko‘rib chiqilgan. Natijada 9 ta alkogol va 2 ta tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchiga, shuningdek, 44 ta ulgurji savdo korxonasiga litsenziya berilgan. Yana 46 ta yangi omborxonaga ruxsatnoma rasmiylashtirilgan.

 

Inspeksiya tomonidan litsenziya to‘lovlari monitoringi natijasida 31,3 mlrd so‘m undirilgan. Ishlab chiqarish liniyalaridagi 2 564 ta elektron hisoblagich muhrlangan.

 

Brifingda sohani raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ham ma’lum qilindi. Barcha subyektlar xatlovdan o‘tkazilib, ularning elektron reyestri shakllantirilgan. Shuningdek, mahsulotlar aylanishini nazorat qilish imkonini beruvchi “ISAT” elektron axborot tizimi yaratilgan.

 

Mazkur tizim ishlab chiqarish jarayonida xomashyo, energiya va boshqa resurslar sarfi, mahsulotlarning raqamli markirovkalash tizimi orqali realizatsiyasi, litsenziya talablariga rioya etilishi hamda etil spirti tashuvchi transport vositalari harakatiga oid ma’lumotlarni avtomatik tahlil qilib, xavflarni aniqlaydi.

 

Shuningdek, “ISAT” tizimi adliya, soliq, bojxona, kadastr, “Asl belgisi”, UzGPS, tovar-xomashyo birjasi, elektr va gaz ta’minoti idoralari axborot tizimlari, ishlab chiqaruvchilarning elektron hisoblagichlari, videokuzatuv uskunalari hamda etil spirti tashuvchi transport vositalaridagi GPS-trekerlar bilan integratsiya qilingan.

 

“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtirish komissiyasining 2025-yil 15-yanvardagi 6-son bayoniga muvofiq, “ISAT” tizimiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun 6,45 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.

 

Noqonuniy aylanmalarga qarshi kurashish yo‘nalishida Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor va nazorat tadbirlari natijasida 3 067 ta noqonuniy faoliyat holatiga barham berilgan. 

 

Muomaladan iste’molga yaroqsiz va inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan 76 mlrd so‘mlik alkogol hamda 89 mlrd so‘mlik tamaki mahsulotlari olib qo‘yilgan.

 

Litsenziya talablari bajarilishi yuzasidan 15 ta alkogol, 11 ta ulgurji va 3 ta etil spirti ishlab chiqaruvchi, jami 29 ta korxonada tekshiruv o‘tkazilgan.

 

Hisobot davrida jami 1 506 ta targ‘ibot tadbiri tashkil etilgan. Shundan 1 104 tasi ommaviy axborot vositalari orqali o‘tkazilgan bo‘lib, 107 marta televideniye, 125 marta radio, 780 marta internet tarmoqlari orqali chiqishlar tashkil etilgan, 92 ta maqola matbuotda chop etilgan. Bundan tashqari, xodimlar tashabbusi bilan 402 ta og‘zaki targ‘ibot tadbiri o‘tkazilgan.

 

Brifingda, shuningdek, inspeksiyaning 71-202-86-90 raqamli ishonch telefoni faoliyati yo‘lga qo‘yilgani ma’lum qilindi.

 

Ta’kidlanishicha, inspeksiya tomonidan sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash hamda tadbirkorlik subyektlariga huquqiy yordam ko‘rsatish orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

 

custom img

O‘zbekistonda bug‘doydan bo‘shagan dalalarni yoqqan 172 kishi jarimaga tortildi

Huquqbuzarlarga jami 212,5 million so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan. Tabiatga yetkazilgan zarar 652,3 million so‘m etib baholangan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiriga ta’ziya yo‘lladi

Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning otasi, mamlakatning sobiq Amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy 74 yoshida vafot etdi.

custom img

Toshkentdagi "O‘zbekiston" mehmonxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Mehmonxonaning 10-qavatidagi ishchilar xonasi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

custom img

O‘zbekistonda Jahon Islom sivilizatsiyasi alyansi tuziladi

Yangi tuzilma Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi negizida tashkil etilib, xalqaro ilmiy va ta’lim muassasalarini bir platformada birlashtirishi ko‘zda tutilgan.

custom img

O‘zbekistonda jarima ballari 12 balldan yuqori haydovchilar soni 671 nafarga yetdi

Yo‘l harakati qoidalarini buzgan qariyb 400 ming haydovchiga ma’muriy ogohlantirish qo‘llanilgan.

custom img

Qoraqalpog‘istonda issiq sabab bog‘chalar vaqtincha yopiladi

Cheklovlar 13-iyuldan boshlanib, hududlarga qarab 15–18-iyulgacha amal qiladi.

custom img

O‘zbekistonliklar 5 oyda sog‘liqni saqlash xizmatlariga 9,1 trln so‘m sarfladi

Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,7 foizga oshgan.

custom img

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga Islom sivilizatsiyasi I xalqaro forumi ishtirokchilarining murojaati

Ishtirokchilar forumda qabul qilingan qarorlar dunyo xalqlari o‘rtasida o‘zaro anglashuv, adolat va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishini tiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"