O'zbekiston

O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tmagan kosmetika preparatlaridan foydalanganlarda botulizm aniqlandi

Ayrim bemorlarda “Refinex Botulinum Toxin Type A for Therapy” hamda “Dysport” preparatlari kosmetologik maqsadlarda qo‘llanganidan so‘ng og‘ir nojo‘ya reaksiyalar qayd etilgan.

O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tmagan kosmetika preparatlaridan foydalanganlarda botulizm aniqlandi

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi ma’lum qilishicha, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasiga murojaat qilgan ayrim bemorlarda “Refinex Botulinum Toxin Type A for Therapy” hamda “Dysport 500 Clostridium botulinum type A toxin-haemagglutinin complex” preparatlari kosmetologik maqsadlarda qo‘llanganidan so‘ng og‘ir nojo‘ya reaksiyalar qayd etilgan. Ularda botulizmga xos klinik belgilar ham kuzatilgan.

 

Qayd etilishicha, ayni paytda mazkur mahsulotlarning kelib chiqishi hamda ularning qonuniy muomalasi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan tegishli tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Markazning ta’kidlashicha, ushbu ikki preparat O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan. Shu sababli ularning xavfsizligi, sifati va samaradorligi belgilangan tartibda baholanmagan.

 

Shu munosabat bilan fuqarolarga internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali taklif etilayotgan shubhali preparatlarni xarid qilmaslik tavsiya etildi. Agar bunday mahsulotlar xarid qilingan bo‘lsa, ularni qo‘llamaslik, foydalanish boshlangan bo‘lsa esa darhol to‘xtatib, shifokorga murojaat qilish so‘ralgan.

 

Shuningdek, mazkur preparatlarni qo‘llagan shaxslarda ko‘rishning xiralashishi, qovoqlarning tushib qolishi, yutinish yoki nutqning buzilishi, mushaklar kuchsizligi, nafas olish qiyinlashishi kabi alomatlar kuzatilsa, zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilish zarurligi ta’kidlandi.

 

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi fuqarolarni dori vositalarini faqat rasmiy savdo tarmoqlari orqali xarid qilishga hamda shubhali mahsulotlar aniqlangan taqdirda vakolatli organlarga xabar berishga chaqirdi.

 

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan nazorat va o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.