Jahon

Qirg‘izistonda Islom Karimovga haykal qo‘ygan bo‘lardim — Asqar Akayev

Qirg‘izistonning birinchi prezidenti Asqar Akayev Islom Karimov davridagi O‘zbekistonning nisbatan yopiq siyosati Qirg‘iziston va Qozog‘iston tadbirkorlari uchun imkoniyat yaratganini aytdi.

Qirg‘izistonda Islom Karimovga haykal qo‘ygan bo‘lardim — Asqar Akayev

Qirg‘izistonning birinchi prezidenti Asqar Akayev O‘zbekistonning marhum prezidenti Islom Karimov davridagi yopiq siyosat Qirg‘iziston va Qozog‘iston tadbirkorlari uchun imkoniyat yaratganini aytdi. Bu haqda u yaqinda e’lon qilingan podkastda so‘z yuritdi, deya yozmoqda BBC.

 

Akayevning fikricha, agar O‘zbekiston o‘sha davrda hozirgi kabi tashqi dunyoga ochiq bo‘lganida, qirg‘iz tadbirkorlari o‘zbek biznesi bilan raqobatlasha olmagan bo‘lardi.

 

“Hammamiz Islom Karimovdan minnatdor bo‘lishimiz kerak. U O‘zbekistondagi o‘zbeklarni dunyodan uzib qo‘ydi. Shu orqali u qirg‘izlar va qozoqlar uchun imkoniyatlar yaratdi. Buning uchun men Islom Karimovga Qirg‘izistonda haykal qo‘ygan bo‘lardim” — dedi u.

 

Podkast davomida Akayev Janubiy Koreyaning Daewoo kompaniyasining Markaziy Osiyodagi investitsiyalari haqida ham fikr bildirdi. Uning aytishicha, kompaniya dastlab Qirg‘izistonda avtomobil zavodi qurishni ham ko‘rib chiqqan, biroq keyinchalik investitsiya uchun O‘zbekiston tanlangan.

 

Sobiq prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u keyinchalik bu masalani Islom Karimov bilan ham muhokama qilgan.

 

“Bunday ishlab chiqarish na o‘zbekka, na qirg‘izga kerak. Men hatto keyin Islom Karimovdan so‘raganman. U ham bu qaror xato bo‘lganini aytgan”, — dedi Akayev.

 

Akayevning fikricha, Karimov davridagi iqtisodiy va tashqi siyosatning nisbatan yopiq modeli Qirg‘iziston va Qozog‘iston tadbirkorlari uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratgan. Shu bilan birga, BBC ayrim iqtisodchilar bu qarashlarga qo‘shilmasligini ham keltiradi.

 

Xususan, ismi oshkor etilmagan iqtisodiy tahlilchi yirik sanoat loyihalarini faqat daromad nuqtayi nazaridan baholab bo‘lmasligini, O‘zbekistonda avtomobil zavodi qurilishi uzoq muddatli sanoat rivoji uchun muhim qaror bo‘lganini ta’kidlagan. Uning fikricha, yuzaga kelgan muammolar asosan boshqaruv va korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lgan.

 

Shuningdek, BBC suhbatlashgan yana bir manba Akayevning bayonoti O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilinayotgan davrga to‘g‘ri kelganiga e’tibor qaratib, bunday chiqishlar ortida siyosiy yoki geosiyosiy hisob-kitoblar bo‘lishi ehtimolini ham istisno qilmagan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.