Jahon

Rossiyada migrantlar uchun davlat bojlari bir necha barobarga oshiriladi

Fuqarolik, yashash guvohnomasi va vizalarni rasmiylashtirish uchun davlat bojlari bir necha barobarga ko‘tariladi.

Rossiyada migrantlar uchun davlat bojlari bir necha barobarga oshiriladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin migratsiya sohasidagi davlat bojlari miqdorini bir necha barobarga oshirishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Bu haqda TASS xabar berdi.

 

Qonunga ko‘ra, Rossiya fuqaroligini olish yoki undan chiqish uchun davlat boji 4,2 ming rubldan 50 ming rublgacha oshiriladi. Yashash guvohnomasini rasmiylashtirish boji esa 6 ming rubldan 30 ming rublgacha ko‘tariladi.

 

Shuningdek, yashash guvohnomasini almashtirish uchun 6 ming rubl, vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi yo‘qolgan, shikastlangan yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat almashtirilgan taqdirda yangi hujjat rasmiylashtirish uchun 5 ming rubl davlat boji undiriladi.

 

Rossiyaga kirish uchun taklifnoma rasmiylashtirish boji har bir taklif etilgan shaxs uchun 960 rubldan 8 ming rublgacha oshiriladi. Rossiyaga kirish va undan chiqish vizasi uchun davlat boji 1,2 ming rubldan 2 ming rublgacha, ko‘p martalik viza uchun esa 1,92 ming rubldan 6 ming rublgacha ko‘tariladi.

 

Bundan tashqari, vaqtinchalik yashash ruxsatnomasini rasmiylashtirish boji 1,92 ming rubldan 15 ming rublgacha oshiriladi. Ta’lim olish maqsadida kirish vizasi uchun davlat boji 8 ming rubl etib belgilangan. Chet ellik ishchilarni jalb qilish uchun ruxsatnoma boji ham 12 ming rubldan 15 ming rublgacha ko‘paytiriladi.

 

Qonunga muvofiq, Rossiya manfaatlariga xizmat qiluvchi xorijiy mutaxassislar, olimlar, madaniyat arboblari va boshqa ayrim toifadagi shaxslar hamda ularning oila a’zolari vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi va yashash guvohnomasini rasmiylashtirish uchun davlat boji to‘lashdan ozod etiladi.

 

Shuningdek, sobiq SSSR fuqarolari, xorijdan Rossiyaga ko‘chib kelishni qo‘llab-quvvatlash davlat dasturi ishtirokchilari va ularning oila a’zolari, shuningdek, Ukrainadagi urush davrida kamida bir yil muddatga Rossiya armiyasi bilan shartnoma tuzgan xorijliklar va ularning oila a’zolari ham ayrim davlat bojlaridan ozod qilinadi. Qonun rasmiy e’lon qilinganidan bir oy o‘tib kuchga kiradi.

 

Avvalroq, Rossiyadagi “Adolatli Rossiya” partiyasi yetakchisi Sergey Mironov migrantlarning xalqaro pul o‘tkazmalaridan 3 foizlik komissiya undirishni taklif qilgandi. Mazkur tashabbus partiya deputatlari tomonidan qonun loyihasi sifatida Davlat Dumasiga kiritilgan.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"