Jahon

Fransiyada jazirama oqibatida o‘lim ko‘rsatkichlari keskin oshdi

Mamlakat sog‘liqni saqlash agentligi 24-iyundan buyon odatdagi davrga nisbatan qariyb mingta ko‘proq o‘lim qayd etilganini ma’lum qildi.

Fransiyada jazirama oqibatida o‘lim ko‘rsatkichlari keskin oshdi

Fransiyada bir necha kundan buyon davom etayotgan rekord darajadagi issiq oqibatida o‘lim ko‘rsatkichlari keskin oshdi. Bu haqda DW xabar berdi.

 

Mamlakatning Santé publique France agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 24-iyundan buyon odatdagi davrga nisbatan qariyb 1 mingta ko‘proq o‘lim qayd etilgan. Idora bu ma’lumotlar hali yakuniy emasligini bildirgan.

 

Ma’lum qilinishicha, 24-iyun kuni mamlakatda barcha sabablarga ko‘ra 1 200 nafardan ortiq, 25 va 26-iyun kunlari esa 1 400 nafardan ortiq o‘lim holati qayd etilgan. Taqqoslash uchun, aprel va may oylarida Fransiyada kuniga o‘rtacha 900–1 000 kishi vafot etgan.

 

Sog‘liqni saqlash agentligi o‘limlar soni ayniqsa «qizil» xavf darajasi e’lon qilingan hududlarda keskin oshganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, vafot etganlarning 85 foizini 65 yosh va undan katta fuqarolar tashkil etadi. Shu bilan birga, o‘lim ko‘rsatkichlari barcha yosh guruhlarida oshgani qayd etilgan.

 

28-iyun kuni mamlakatning aksariyat hududlarida havo harorati pasaya boshladi. Biroq mutaxassislar issiq to‘lqinining salbiy oqibatlari hali bir necha kun davom etishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

 

Ayni paytda Germaniyada ham rekord darajadagi issiq kuzatildi. Germaniya meteorologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 27-iyun kuni Saksoniya-Anhalt federal yeridagi Drevits aholi punktida havo harorati 41,5 daraja Selsiyga yetib, mamlakat tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.