O'zbekiston

Toshkentning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatildi

Uzilishga “Yuksak” podstansiyasidagi nosozlik sabab bo‘lgan va natijada 110 kV kuchlanishli ikkita elektr uzatish tarmog‘i favqulodda o‘chib qolgan.

Toshkentning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatildi

28-iyun kuni soat 20:45 da Toshkent shahridagi "Yuksak" podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlik sabab poytaxt va Toshkent viloyatining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi.

 

Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida Toshkent shahrining Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy, shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlari vaqtincha elektr energiyasisiz qolgan.

 

"Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" korxonasi aniqlik kiritishicha, "Yuksak" podstansiyasidan chiquvchi L-O‘-Yu 110 kV 1 va 2 elektr uzatish tarmoqlarida himoya tizimi ishga tushishi oqibatida favqulodda o‘chish sodir bo‘lgan. Natijada "Yurtim" va "Bunyodkor" podstansiyalari to‘liq kuchlanishsiz qolgan. Shu sababli Mirobod, Yakkasaroy, Chilonzor va Uchtepa tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minoti uzilgan.

 

Mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan tezkor qayta ulash ishlari natijasida 220/110/10 kV kuchlanishli "Ozodlik" podstansiyasi orqali Chilonzor va Uchtepa tumanlaridagi iste’molchilarning elektr ta’minoti bosqichma-bosqich tiklana boshlagan.

 

Hozirda maxsus brigadalar nosozlik sabablarini aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, qolgan iste’molchilarni elektr energiyasi bilan to‘liq ta’minlash bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

 

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Sud binosidagi janjal: holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sud binosidagi janjal: holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Aktyor Bilol Isxakov avvalroq Prezident va Prezident Administratsiyasi rahbariga murojaat qilgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Bokuga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Bokuga bordi

O‘zbekiston rahbarini Ozarbayjon Bosh vazirining o‘rinbosari Shahin Mustafayev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

X xalqaro “Yevrosiyo ko‘prigi” kinofestivali: Rashid Malikovning filmi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi

X xalqaro “Yevrosiyo ko‘prigi” kinofestivali: Rashid Malikovning filmi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi

Inson taqdiri haqidagi hikoya xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Pedofillarga umrbod qamoq: Prezident kutilgan qonunni imzoladi

Pedofillarga umrbod qamoq: Prezident kutilgan qonunni imzoladi

14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Avtobus tozaligiga beparvolik qimmatga tushdi: uch mexanik jarimaga tortildi

Avtobus tozaligiga beparvolik qimmatga tushdi: uch mexanik jarimaga tortildi

Toshkentda 66-yo‘nalishdagi avtobusning sanitariya holati ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilingan.

Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari arzonlashadi: bojxona yig‘imi 20 foizga tushiriladi

Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari arzonlashadi: bojxona yig‘imi 20 foizga tushiriladi

Bundan tashqari, ayrim logistika markazlari 2040-yilgacha yer va mol-mulk soliqlaridan ozod qilinadi.

Infantinoga Jahon chempionatidan 1,72 mln dollar to‘langan: mablag‘ hisobotda ko‘rsatilmagan

Infantinoga Jahon chempionatidan 1,72 mln dollar to‘langan: mablag‘ hisobotda ko‘rsatilmagan

To‘lovning FIFA yillik hisobotida ko‘rsatilmagani rahbar daromadlarining shaffofligi yuzasidan savollarni keltirib chiqardi.