O'zbekiston

O‘zbekistonda profilaktika inspektori ishiga aralashish, asossiz yuklama berish taqiqlanadi

Profilaktika inspektorlari, yo‘l-patrul, patrul-post va qo‘riqlash xizmatlari yagona tizimga birlashtiriladiю

O‘zbekistonda profilaktika inspektori ishiga aralashish, asossiz yuklama berish taqiqlanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev profilaktika inspektorlari va jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, sohada kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

 

Taqdimotda jamoat xavfsizligi bo‘linmalari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini "aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tizim" tamoyili asosida belgilash taklif etildi. Bunda asosiy maqsad aholining jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan roziligi va ishonchiga erishish ekani qayd etildi.

 

Shu maqsadda profilaktika inspektorlari, yo‘l-patrul, patrul-post va qo‘riqlash xizmatlari faoliyatini o‘zaro uyg‘unlashtirish, ularning aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish, fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish hamda xavf guruhiga kiruvchi shaxslar bilan manzilli ishlash bo‘yicha vazifalarini yagona tizimga birlashtirish rejalashtirilmoqda.

 

Jumladan, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashdagi ayrim funksiya va vakolatlarni patrul-post hamda qo‘riqlash xizmatlariga, jamoat tartibini saqlashga oid ayrim vakolatlarni esa yo‘l-patrul xizmatiga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

 

Qayd etilishicha, bugungi kunda mamlakatdagi qariyb 9 ming mahallada 10 mingdan ortiq profilaktika inspektori xizmat qilmoqda. Davlat rahbari bu katta kuch ekanini ta’kidlab, jinoyatchilikni jilovlashda, avvalo, profilaktika inspektori faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish zarurligini qayd etdi.

 

Taqdimotda amalda profilaktika inspektorlariga ularning xizmat vazifasiga kirmaydigan qariyb 50 ta qo‘shimcha vazifa yuklatilgani, buning oqibatida ayrim hollarda ular mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish va aholi muammolarini hal etish o‘rniga boshqa ishlarga jalb etilayotgani ta’kidlandi.

 

Shu munosabat bilan ishlab chiqilgan "Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorining maqomi to‘g‘risida"gi qonun loyihasi haqida axborot berildi. Loyiha bilan profilaktika inspektorining huquqiy maqomi, vazifalari, huquqlari, majburiyatlari, kasbiy faoliyati kafolatlari, ijtimoiy-huquqiy himoyasi, rag‘batlantirish va javobgarlik choralari aniq belgilanishi nazarda tutilgan.

 

Qonun loyihasiga ko‘ra, profilaktika inspektorining ustuvor maqsadi aholi ishonchining yuqori darajasiga erishish hamda xizmat hududida jinoyatchilikni jilovlashdan iborat bo‘ladi. U xizmat hududida tergovga qadar tekshiruv va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi mansabdor shaxs sifatida belgilanadi.

 

Loyihaga muvofiq, profilaktika inspektoriga faqat qonunda belgilangan vazifalar yuklanadi. Uning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi. Shuningdek, uning kasbiy faoliyatiga aralashish, xizmatiga taalluqli bo‘lmagan topshiriqlar va asossiz yuklamalar berish taqiqlanadi.

 

Qonun loyihasida profilaktika inspektoriga huquqbuzarliklar profilaktikasi turini mustaqil tanlash, majburiy profilaktik ko‘rsatmalar berish, taqdimnoma kiritish va uning ijrosini talab qilish, o‘z profilaktik tadbirlar uslubini ishlab chiqish hamda vakolati doirasida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish huquqi berilishi nazarda tutilgan.

 

Bundan tashqari, profilaktika inspektori ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksiga qat’iy rioya qilishi, fuqarolarning huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi har qanday murojaatini qabul qilib, tezkor munosabat bildirishi, hodisa joyiga zudlik bilan yetib borishi va jabrlanganlarga birinchi tibbiy hamda boshqa zarur yordamni ko‘rsatishi shart bo‘ladi.

 

Qonun loyihasida profilaktika inspektorlarining ijtimoiy-huquqiy himoyasini kuchaytirish ham nazarda tutilgan. Xususan, hokimliklarga ularni xizmat xonasi va uy-joy bilan ta’minlash majburiyati yuklanishi, faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilishi hamda uzoq yillar xizmat qilgan xodimlar uchun pensiya ta’minoti bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar yaratilishi rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, profilaktika inspektorlarining ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy jazo qo‘llash vakolatlari kengaytirilishi, ayrim moddalar bo‘yicha esa ma’muriy ogohlantirish qo‘llash huquqi berilishi ko‘zda tutilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"