Jahon

Qirg‘iziston va Qozog‘iston bir-biriga 49 yilga yer uchastkalari beradi

Yer uchastkalari Ostona va Bishkek shaharlarida elchixonalar hamda favqulodda va muxtor elchilar qarorgohlarini joylashtirish uchun bepul ajratiladi.

Qirg‘iziston va Qozog‘iston bir-biriga 49 yilga yer uchastkalari beradi

Qozog‘iston Senati Qirg‘iziston bilan elchixonalar va favqulodda hamda muxtor elchilar qarorgohlarini joylashtirish uchun yer uchastkalari va binolarni o‘zaro ajratish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar berdi.

 

Qonunga ko‘ra, ikki davlat o‘z poytaxtlarida elchixonalar hamda elchilar qarorgohlarini joylashtirish uchun binolar va yer uchastkalarini o‘zaro bepul foydalanishga beradi. Hujjatning maqsadi diplomatik vakolatxonalar faoliyati uchun o‘zaro manfaatdorlik va teng huquqlilik tamoyillari asosida qulay sharoit yaratishdan iborat. Tomonlarga ko‘chmas mulklar 49 yil muddatga beriladi.

 

Qozog‘iston Qirg‘izistonga Ostonada elchixona qurilishi uchun 0,74 gektar yer uchastkasi va elchi qarorgohi uchun 1 267 kvadrat metr maydonga ega alohida kottej ajratadi.

 

Qirg‘iziston esa Qozog‘istonga Bishkekda elchixona joylashtirish uchun 0,75 gektar yer uchastkasi hamda elchi qarorgohi uchun 531 kvadrat metr maydonga ega kottej beradi. Har bir obyekt alohida hudud bilan ta’minlanadi.

 

Senat deputati Andrey Lukinning ma’lum qilishicha, mazkur ko‘chmas mulklar har ikki davlatda barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod etiladi. Binolarni qurish, ta’mirlash, saqlash va kommunal xizmatlar xarajatlari esa mezbon davlatdagi amaldagi tariflar asosida tomonlarning o‘zi tomonidan qoplanadi.

 

Ma’lumot uchun, 2025-yil mart oyida Qozog‘iston Majilisi AQSH bilan Ostona shahrida diplomatik obyekt qurilishi uchun 70,6 ming kvadrat metr yer uchastkasini 49 yil muddatga ijaraga berish to‘g‘risidagi bitimni ham ma’qullagan edi. 

 

Mazkur bitimga ko‘ra, AQSH yer uchastkasi ijarasi uchun 25,3 million dollarni bitim kuchga kirganidan keyin 30 kun ichida bir martalik to‘lov sifatida amalga oshiradi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.