Jahon

Rossiyada "do‘st bo‘lmagan" davlatlar fuqarolarining bank hisoblari muzlatilmoqda

Rossiyaning "do‘st bo‘lmagan davlatlar" ro‘yxatiga 49 ta davlat, jumladan Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha 27 mamlakat kiritilgan.

Rossiyada "do‘st bo‘lmagan" davlatlar fuqarolarining bank hisoblari muzlatilmoqda

Rossiyada "do‘st bo‘lmagan" davlatlar fuqarolari bo‘lgan ayrim xorijliklar bank hisoblari va omonatlari bloklanayotganidan shikoyat qilmoqda. Bu haqda  T-Bank, Sberbank va VTB mijozlariga tayanib, DW  xabar berdi.

 

Xabarga ko‘ra, iyun oyidan boshlab Rossiya prezidenti Vladimir Putinning xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni tartibga soluvchi farmoni amal qilish doirasi kengaytirilib, xorijlik norezidentlarning bank omonatlarini ham qamrab oldi. Shu munosabat bilan ayrim mijozlarga hisoblari farmon talablarini bajarish maqsadida bloklangani haqida xabarnomalar yuborilgan.

 

Hisoblari cheklanganlar orasida "iste’dod vizasi" egalari, Rossiyaning "an’anaviy ma’naviy-axloqiy qadriyatlari"ga sodiqligini bildirgan xorijliklar hamda "do‘st bo‘lmagan" davlatlardan Rossiyaga ko‘chib o‘tish uchun hujjat rasmiylashtirayotgan etnik ruslar ham bor.

 

Yangi tartibga ko‘ra, "do‘st bo‘lmagan" davlatlar fuqarosi bo‘lgan norezidentlarning oyiga 10 million rubldan ortiq depozit daromadlari maxsus "S" turidagi hisobvaraqlarga o‘tkaziladi. Ushbu hisobvaraqlardagi mablag‘lardan foydalanish imkoniyati esa keskin cheklangan.

 

Farmonda yangi qoidalar barcha turdagi omonatlarga yoki faqat muddatli depozitlarga tatbiq etilishi aniq ko‘rsatilmagani sababli banklar uni turlicha talqin qilmoqda.

 

Rossiya Markaziy banki zarurat tug‘ilganda yangi normalar yuzasidan rasmiy izoh berishini ma’lum qilgan. Hisoblari cheklangan mijozlar esa regulyator yoki sud orqali ushbu qaror ustidan shikoyat qilishi mumkin.

 

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya "do‘st bo‘lmagan davlatlar" ro‘yxatini 2021-yilda tuzgan edi. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi va Moskva qarshi sanksiyalar joriy etilganidan so‘ng ushbu ro‘yxat kengaytirildi. Hozirda unga 49 ta davlat, jumladan Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha 27 mamlakat kiritilgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"