Jahon

Saudiya Arabistoni Futbol Federatsiyasi prezidenti iste’foga chiqdi

Saudiya terma jamoasi guruh bosqichida 2 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egallab, pley-offga chiqa olmadi.

Saudiya Arabistoni Futbol Federatsiyasi prezidenti iste’foga chiqdi

 

Saudiya Arabistoni Futbol Federatsiyasi prezidenti Yosir Al-Mishal milliy terma jamoaning 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki ortidan lavozimini tark etishini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Al-Mishal bayonotida federatsiya rahbariyati Saudiya futbolini rivojlantirish va muxlislar kutgan natijalarga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solganini, biroq terma jamoaning pley-off bosqichiga chiqa olmagani umumiy maqsadlarga mos kelmasligini ta’kidlagan.

 

“Milliy terma jamoaning Jahon chempionatining keyingi bosqichiga chiqa olmagani bizning umumiy ambitsiyalarimizga mos kelmaydi. Buning uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmamga olaman va muxlislardan uzr so‘rayman”, — degan Al-Mishal.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, mas’uliyat yangi bosqich uchun imkoniyat yaratishni talab qiladi. Shu sababli u amaldagi vakolat muddati yakunlanishini kutmasdan lavozimini tark etishga qaror qilgan. Endilikda amaldagi tartib-qoidalarga muvofiq, Saudiya Arabistoni Futbol Federatsiyasining yangi rahbariyatini saylash jarayoni boshlanadi.

 

Yosir Al-Mishal lavozimini tark etayotgan bo‘lsa-da, Saudiya sportini rivojlantirish yo‘lida faoliyatini davom ettirishini bildirib, futbol jamoatchiligi va muxlislarga qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik izhor qilgan.

 

Ma'lumot uchun, Saudiya Arabistoni terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida 2 ochko jamg‘arib, o‘z guruhida so‘nggi o‘rinni egalladi va pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq Janubiy Koreya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatida jamoa muvaffaqiyatsiz ishtirok etgani ortidan lavozimini tark etishi haqida xabar berilgan edi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.