O'zbekiston

Toshkentdagi avtomobil ehtiyot qismlari bozorida tovlamachilik qilgan 14 kishi qamaldi

Jinoiy guruh mijozlarning roziligisiz xizmat ko‘rsatgan jinoiy guruh ulardan katta miqdorda pul talab qilgan, rad javobi berganlarga tahdid qilgan.

Toshkentdagi avtomobil ehtiyot qismlari bozorida tovlamachilik qilgan 14 kishi qamaldi

 

Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi “Avtomobil ehtiyot qismlari” bozori hududida tovlamachilik bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolariga nisbatan sud hukmi chiqarildi.

 

Toshkent shahar sudlari ma’lum qilishicha, 29-iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida mazkur jinoyat ishi yuzasidan hukm e’lon qilinib, 14 nafar sudlanuvchiga 3 yildan 6 yil 6 oygacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

 

Qayd etilishicha, ayrim sudlanuvchilar muqaddam sudlanganligi sababli jazoni qattiq tartibli, qolganlari esa umumiy tartibdagi koloniyalarda o‘tashi belgilangan.

 

Tergov materiallariga ko‘ra, jinoiy guruh a’zolari mijozlarning roziligisiz avtomobillariga turli ehtiyot qismlari va jihozlarni o‘rnatib, keyinchalik ular uchun sun’iy ravishda oshirilgan narxlarda pul talab qilgan. Xususan, bozor qiymati 600 AQSH dollari bo‘lgan xizmat uchun fuqarodan 13 ming 300 AQSH dollari undirishga uringan hamda rad javobini bergan mijozni qo‘rqitish orqali bosim o‘tkazgan.

 

Yana bir holatda esa ular boshqa bir fuqaroning avtomobiliga uning roziligisiz ehtiyot qismlarini o‘rnatib, avtomobil kalitini olib qo‘ygan holda bosim o‘tkazish orqali 15 million so‘m undirgani aniqlangan.

 

Sud majlisi yakunida hukm mazmuni hamda uni belgilangan tartibda shikoyat qilish muddati va tartibi sudlanuvchilarga tushuntirildi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"