O'zbekiston

O‘zbekiston aholisi rasman 39 million nafardan oshdi

Mamlakat aholisi joriy statistik hisob-kitoblardan 810 ming nafarga ko‘proq ekani aniqlandi.

O‘zbekiston aholisi rasman 39 million nafardan oshdi

 

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 39 million 47 ming 321 nafarga yetdi.

 

Ma’lum qilinishicha, joriy statistik hisob-kitoblarga ko‘ra mamlakat aholisi 38 million 236 ming 704 nafar deb baholangan bo‘lsa, ro‘yxatga olish yakunlariga ko‘ra ushbu ko‘rsatkich 810,6 ming nafarga ko‘proq ekani aniqlangan.

 

Shuningdek, 1989-yilda o‘tkazilgan so‘nggi aholini ro‘yxatga olish natijalari bilan taqqoslaganda, O‘zbekiston aholisi soni qariyb ikki barobarga oshgani qayd etilgan.

 

Bundan tashqari, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston hududida bir yildan ortiq muddat yashayotgan 56 ming 860 nafar xorijiy fuqaro ro‘yxatga olingan. Ularning 19 ming 300 nafari Toshkent shahrida istiqomat qilmoqda.

 

Davlatlar kesimida eng ko‘p ro‘yxatga olingan xorijiy fuqarolar quyidagilar:

  • Hindiston — 13 312 nafar;

  • Rossiya — 10 826 nafar;

  • Qozog‘iston — 9 425 nafar;

  • Tojikiston — 5 722 nafar;

  • Turkmaniston — 5 347 nafar;

  • Qirg‘iziston — 4 397 nafar;

  • Pokiston — 1 433 nafar;

  • Xitoy — 1 031 nafar;

  • Turkiya — 811 nafar;

  • Janubiy Koreya — 691 nafar;

  • Boshqa davlatlar — 3 865 nafar.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.