O'zbekiston

O‘zbekistonda AI-92 benzini narxi rekord darajada qimmatladi

Respublika tovar-xomashyo birjasida AI-92 markali avtomobil benzini narxi bir tonna uchun qariyb 14 mln so‘mga yetdi.

O‘zbekistonda AI-92 benzini narxi rekord darajada qimmatladi

O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida AI-92 markali avtomobil benzini narxi tarixiy rekordni yangiladi. Bu haqda Spot nashri birja savdolari ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

 

29-iyun kuni AI-92 benzini bir tonnasining narxi 13,919 mln so‘mni tashkil etdi. Bu avvalgi savdo kuniga nisbatan 1,1 foizga yuqori bo‘lib, birja tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich sifatida qayd etildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, iyun oyi boshidan buyon AI-92 benzini narxi 1,473 mln so‘mga yoki qariyb 11,8 foizga oshgan.

 

Narxlarning eng keskin o‘sishi oyning birinchi yarmida kuzatilgan. Xususan, 4-iyun kuni bir tonna benzin 12,476 mln so‘mdan sotilgan bo‘lsa, 8-iyunga kelib uning narxi atigi to‘rt kun ichida 10,5 foizga oshib, 13,788 mln so‘mga yetgan. Keyingi ikki hafta davomida narx 13,7–13,8 mln so‘m oralig‘ida shakllanib turgan, 29-iyun kuni esa yana ko‘tarilib, yangi tarixiy maksimumni qayd etgan.

 

Narxlarning o‘sishi fonida birjadagi yoqilg‘i taklifi ham qisqargan. Agar 1-iyun kuni savdolarga 3 791 tonna AI-92 benzini chiqarilgan bo‘lsa, 23-iyunga kelib bu ko‘rsatkich deyarli ikki barobarga kamayib, 1 898 tonnani tashkil etgan. 29-iyun holatiga taklif hajmi 3 123,2 tonnagacha tiklangan bo‘lsa-da, bu narxlarning pasayishiga ta’sir ko‘rsatmagan.

 

Spot qayd etishicha, narxlarning keskin oshishi Rossiyada yoqilg‘i tanqisligi yuzaga kelgan davrga to‘g‘ri kelgan. Bunga Ukraina dronlari hujumlaridan so‘ng ayrim neftni qayta ishlash zavodlarida rejadan tashqari ta’mirlash ishlari olib borilgani sabab bo‘lgan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.