O'zbekiston

Qashqadaryoda maktabga kirish imtihonlari testlari tarqaldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi barcha test variantlari mustaqil ishlab chiqilishi va savollar takrorlanmasligini ta’kidladi.

Qashqadaryoda maktabga kirish imtihonlari testlari tarqaldi

 

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Qashqadaryo viloyatida 2026/2027-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan kirish imtihonlari jarayonida test materiallari noqonuniy tarqatilgani yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

 

Agentlik ma’lum qilishicha, 29-iyun kuni 5-sinfga kirish imtihonlarining 1-variant test topshiriqlari imtihon o‘tkazilayotgan hududdan noqonuniy ravishda olib chiqilib, uchinchi shaxslarga tarqatilgani aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berilgan. Hozirda voqea yuzasidan vakolatli idoralar tomonidan qonunchilikka muvofiq o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu holat ayrim shaxslarning belgilangan tartibni buzgan noqonuniy harakatlari oqibatida yuzaga kelgan.

 

Agentlikning ta’kidlashicha, bir kunda bir necha smenada o‘tkaziladigan imtihonlarda barcha talabgorlar uchun teng va adolatli sharoit yaratish maqsadida har bir smena uchun test variantlari alohida ishlab chiqiladi. Test topshiriqlari mazmunan mustaqil bo‘lib, savollar va javob variantlari takrorlanmaydi.

 

Shuningdek, ota-onalar farzandlarini halollik, qonunlarga hurmat va o‘z bilimiga ishonish ruhida tarbiyalashga chaqirilgan. Agentlik imtihon materiallarini noqonuniy olib chiqish, tarqatish yoki ulardan noqonuniy foydalanish amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatgan.

 

Qayd etilishicha, kirish imtihonlari respublika bo‘ylab bir vaqtda boshlanib, bir vaqtda yakunlanadi. Agentlik barcha imtihonlarning ochiq, shaffof va adolatli o‘tishini hamda har bir talabgorning bilimi xolis baholanishini ta’minlash tamoyiliga qat’iy amal qilishini bildirgan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.