Jahon

Qirg'izistondagi maktablar 12 yillik ta'lim tizimiga o'tdi

Yangi tartibga ko‘ra, umumiy ta’lim 6+3+3 modeli asosida 12 yil davom etadi.

Qirg'izistondagi maktablar 12 yillik ta'lim tizimiga o'tdi

 

Qirg‘iziston hukumati umumiy o‘rta ta’lim tizimini 12 yillik modelga o‘tkazishni rasman tasdiqladi. Shu munosabat bilan umumiy ta’lim tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi namunaviy nizomga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Sputnik.kg xabar berdi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, umumiy ta’limning birinchi bosqichi 6 yil, ikkinchi bosqichi 3 yil va uchinchi bosqichi yana 3 yil davom etadi. Shu tariqa, maktab ta’limining umumiy muddati 12 yilni tashkil etadi.

 

Shuningdek, o‘quv yilining davomiyligi kamida 34 hafta etib belgilandi. Bunda 1-sinf o‘quvchilari uchun o‘quv yili 32 hafta, 2-sinf o‘quvchilari uchun esa 33 hafta davom etadi.

 

Yangi nizomga muvofiq, maktab ta’tillarining umumiy davomiyligi kamida 30 kunni, yozgi ta’til esa kamida 14 haftani tashkil etadi.

 

Qayd etilishicha, mazkur islohot umumiy ta’lim muassasalarida o‘quv yilining optimal davomiyligini belgilash hamda o‘quv yuklamasini oqilona taqsimlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

 

Hukumat qarori rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun o‘tib kuchga kiradi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.