Sport

Eldor Shomurodovning goli JCH-2026 guruh bosqichining eng chiroyli goli deb topildi

Futbolchining mundialdagi tarixiy goli FIFA ovoz berishida Messi, Mbappe va Vinisius Juniorning gollarini ortda qoldirdi.

Eldor Shomurodovning goli JCH-2026 guruh bosqichining eng chiroyli goli deb topildi

 

FIFA rasmiy saytida 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida urilgan eng chiroyli golni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning Kongo DR darvozasiga kiritgan goli birinchi o‘rinni egalladi.

 

Mazkur gol guruh bosqichining 3-turida bo‘lib o‘tgan uchrashuvning 10-daqiqasida urildi. Jarima maydoniga uzatilgan to‘pga o‘z vaqtida yetib borgan Shomurodov o‘tkir burchak ostida bo‘lishiga qaramay, to‘pni mahorat bilan darvozabon ustidan oshirib yuborib, hisobni ochgandi.

 

FIFA ushbu golni “santimetrigacha aniq hisoblangan va mukammal ijro etilgan zarba” deya e’tirof etib, u O‘zbekistonning Jahon chempionatidagi tarixiy debyutining eng yorqin lahzalaridan biri bo‘lganini ta’kidladi.

 

Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Eldor Shomurodovning goli Lionel Messi, Kilian Mbappe va Vinisius Junior kabi jahon futboli yulduzlari tomonidan urilgan gollardan ham ko‘proq ovoz to‘pladi.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatida ishtirok etdi. Terma jamoa guruh bosqichida Kolumbiya, Portugaliya va Kongo DRga qarshi bahs olib borib, turnirni ushbu bosqichda yakunlagan edi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston futbolidagi yangi bosqich, legionerlar o‘sishi hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha tahliliy maqola.

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

“Bavariya” hujumchisi 2025/26-yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 73 ta gol urib, Kilian Mbappe va Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Jamoa Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

Turnirda qatnashish uchun 5 831 nafar shaxmatchi ro‘yxatdan o‘tgan bo'lib, ularning 633 nafari ayollar hisoblanadi.

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

WT terma jamoasi “Qatar Open” xalqaro turnirida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Terma jamoalar o‘rtasidagi bahs “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.