O'zbekiston

Navoiyda haydovchi transport nazorati inspektoriga pora taklif qildi

Ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilmasligi evaziga pora bermoqchi bo‘lgan erkakka jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Navoiyda haydovchi transport nazorati inspektoriga pora taklif qildi

 

Navoiy viloyatida Transport nazorati inspeksiyasi xodimiga pora taklif qilgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Transport nazorati inspeksiyasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Transport nazorati inspeksiyasining Avtomobil transportida nazorat qilish Navoiy viloyati hududiy bo‘limi inspektorlari xizmat vazifasini bajarish chog‘ida Karmana tumanidagi “Samarqand” YPX maskanida “FAW” rusumli yuk avtomobilini tekshirish uchun to‘xtatgan.

 

Hujjatlarni ko‘zdan kechirish jarayonida transport vositasida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125¹-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari aniqlanib, belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish boshlangan.

 

Shu vaqtda haydovchi J.B. ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilmasligi evaziga inspektorga 1 million so‘m pora taklif qilgan. Inspektor bunday harakatlar jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirganiga qaramay, fuqaro noqonuniy taklifini davom ettirib, xizmat vazifasini bajarishga to‘sqinlik qilgan.

 

Shundan so‘ng holat yuzasidan Transport nazorati inspeksiyasi rahbariyati, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodim, Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Transport prokuraturasiga zudlik bilan xabar berilgan.

 

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida haydovchi pora sifatida taklif qilgan pul mablag‘ining 700 ming so‘mini inspektorga berayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"