O'zbekiston

O‘zbekiston delegatsiyasi Eronda Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimida qatnashadi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov boshchiligidagi delegatsiya 3-iyul kuni Eronga borib, marhum oliy rahbar Oyatulloh Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimida ishtirok etadi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Eronda Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimida qatnashadi

O‘zbekiston delegatsiyasi marhum oliy rahbar Oyatulloh Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimida ishtirok etish uchun 3-iyul kuni Eronga boradi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi Eronning Tasnim agentligiga tayanib xabar berdi.

 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidagi manbaga ko‘ra, delegatsiyaga O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov boshchilik qiladi.

 

Eron rasmiylari ma’lum qilishicha, Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimlari 4–9-iyul kunlari o‘tkaziladi. Tadbirlarda 30 dan ortiq davlat delegatsiyalari hamda 90 dan ziyod mamlakatning diniy peshvolari qatnashishi kutilmoqda.

 

Vidolashuv marosimlari 4-iyul kuni Tehrondagi Mosalla majmuasida boshlanadi. 5-iyul kuni janoza namozi o‘qilib, poytaxtda ommaviy motam yurishi tashkil etiladi. Keyingi tadbirlar Qum va Mashhad shaharlarida, shuningdek, Iroqning Najaf va Karbalo shaharlarida davom etadi. Dafn marosimining yakuniy bosqichi 9-iyul kuni Mashhadda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Eron rasmiylari motam tadbirlarida millionlab odamlar ishtirok etishini kutmoqda. Shu munosabat bilan Eron va Iroqda marosimlarni muvofiqlashtirish uchun maxsus shtablar tashkil etilgan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"