O'zbekiston

O‘zbekistonda magistraturaga qabul boshlandi

2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyuldan boshlandi. Arizalar 30-iyulga qadar onlayn tarzda qabul qilinadi.

O‘zbekistonda magistraturaga qabul boshlandi

O‘zbekistonda 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish bo‘yicha hujjatlar qabuli boshlandi.

 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qilishicha, hujjatlar 1–30-iyul kunlari vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

 

Magistratura mutaxassisliklariga tanlovda ishtirok etish uchun abituriyentlar tegishli darajadagi milliy yoki xalqaro chet tilini bilish sertifikatiga ega bo‘lishi lozim.

 

Hujjat topshirishda bakalavr diplomi hamda chet tilini bilish sertifikati talab etiladi. Magistraturaga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining mutaxassisliklar kesimida ro‘yxati bilan havola orqali tanishish mumkin.

 

Shu bilan birga, ayrim toifadagi talabgorlar chet tili sertifikatini taqdim etishdan ozod etiladi. Bular qatoriga Prezident va nomli davlat stipendiyalari sohiblari, davlat mukofoti sovrindorlari, respublika fan olimpiadalari g‘oliblari, ko‘rish, eshitish yoki nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar hamda bakalavriat ta’limini xorijiy tilda tamomlagan bitiruvchilar kiradi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.