O'zbekiston

Qashqadaryoda 4 kishi voyaga yetmagan qizni zo‘rlashda gumonlanmoqda

Jabrlanuvchiga psixologik yordam ko‘rsatilmoqda, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qashqadaryoda 4 kishi voyaga yetmagan qizni zo‘rlashda gumonlanmoqda

 

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida voyaga yetmagan qizga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, to‘rt nafar gumonlanuvchi protsessual tartibda qo‘lga olindi. Bu haqda Bolalar ombudsmani ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, joriy yilning 7-iyun kuni voyaga yetmagan S. R. Yakkabog‘ tumani Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilgan. Mazkur murojaat asosida 8-iyun kuni Jinoyat kodeksining 128-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Dastlabki tergov davomida bir necha turdagi sud ekspertizalari tayinlanib, ularning xulosalariga ko‘ra, jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi bo‘yicha qayta malakalangan. Shundan so‘ng X.D., X.Sh., N.O. va A.D. Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

 

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan Yakkabog‘ tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Shuningdek, jabrlanuvchi voyaga yetmaganga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan psixologik yordam ko‘rsatilmoqda, uning oilasiga esa yuridik hamda ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash choralari tashkil etilgan.

 

Bolalar ombudsmani mazkur ish yuzasidan voyaga yetmagan jabrlanuvchining qonuniy manfaatlari va protsessual huquqlari ta’minlanishi ustidan nazoratni davom ettirayotganini bildirgan.

custom img

Xivada Lyaonin pedagogika universiteti filiali ochildi

Majmuani qurish va jihozlash uchun davlat budjetidan 140 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, bu yerda 120 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

custom img

O‘zbekiston va Turkiya jurnalistlari media sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Tomonlar jurnalistlar malakasini oshirish, raqamli media, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

custom img

“Odil sudlov – 2030”: sud tizimida yangi islohotlar bosqichi

2027–2030-yillarda barcha tuman va shaharlarda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tashkil etiladi.

custom img

Urganch aeroportidan Xivaga qatnov vaqti 40 daqiqagacha qisqaradi

Davlat rahbari yangi elektropoyezdda Xiva shahriga keldi.

custom img

Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi

Prezident Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va Kasblar shaharchasi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

Tomdi tuman sudi raisi lavozimiga majburan tayinlangani haqidagi xabarlar rad etildi

Sudyalar oliy kengashi uning tayinlovi YTH bilan bog‘liq ekani haqidagi taxminlarni asossiz deb atadi.

custom img

Prezident “Tillo domor” korxonasining yangi ishlab chiqarish majmuasi faoliyati bilan tanishdi

Korxonada 70 dan ortiq turdagi sut mahsulotlari ishlab chiqarilib, yiliga qariyb 100 milliard so‘mlik mahsulot tayyorlanadi.

custom img

Urganch xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 300 nafardan 1 ming 300 nafargacha ortadi

Prezident Urganch xalqaro aeroportining rasmiy delegatsiyalar uchun mo‘ljallangan yangi terminalini ko‘zdan kechirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"