O'zbekiston

Sog‘liqni saqlash vaziri korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha murojaat bilan chiqdi

Vazirlik tibbiyot tizimida korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish maqsadida "Raqamli komplayens", "Sirli mijoz" va sun’iy intellekt asosidagi nazorat tizimlarini ishga tushirmoqda.

Sog‘liqni saqlash vaziri korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha murojaat bilan chiqdi

 

Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov fuqarolar va tibbiyot xodimlariga murojaat qilib, sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berdi.

 

Vazir murojaatida korrupsiya mamlakat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘layotgani, Prezident tomonidan u jamiyat tanasidagi "saraton" deya baholanganini eslatib, bu illatga qarshi murosasiz kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidlagan.

 

Qayd etilishicha, Prezidentning 2026-yil 5-maydagi farmoniga muvofiq vazirlik tizimi tubdan qayta tashkil etilmoqda. Markaziy apparat zamonaviy fikrlaydigan, professional va malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilmoqda. Shuningdek, ilk bor korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens masalalari bo‘yicha vazir o‘rinbosari lavozimi joriy etilib, ichki nazorat bo‘linmasi Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boshqarmasiga aylantirilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash maqsadida masofaviyaudit.uz avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali joriy yilning dastlabki besh oyida vazirlik tizimidagi tashkilotlarda 979 ta holatda 514,9 milliard so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlanib, o‘z vaqtida bartaraf etilgan.

 

Shuningdek, tug‘uruq muassasalarida noqonuniy "suyunchi" pullari yoki kesarcha kesish amaliyoti uchun noqonuniy to‘lov talab qilinishining oldini olish maqsadida barcha tug‘uruq komplekslari va tibbiyot muassasalarida "Sirli mijoz" tizimi joriy etilgani ma’lum qilingan.

 

Ushbu chora-tadbirlar natijasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan tuziladigan Ochiqlik indeksida Sog‘liqni saqlash vazirligi 87,2 ball to‘plab, 97 ta davlat tashkiloti orasida birdaniga 60 pog‘ona yuqorilab, ilk bor "yashil" toifaga kirgani qayd etilgan.

 

Shuningdek, 2026-yil 1-iyuldan boshlab "Raqamli komplayens" axborot dasturiy kompleksi sinov tariqasida ishga tushirilishi, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi "E-Komplayens" elektron moduli orqali to‘liq raqamlashtirilishi hamda sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida korrupsiyaviy xavflarni erta aniqlash mexanizmlari joriy etilishi rejalashtirilayotgani bildirilgan.

 

Murojaat yakunida vazir fuqarolarni sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsiyaviy holatlar, manfaatlar to‘qnashuvi, noqonuniy to‘lovlar, byurokratik to‘siqlar yoki boshqa qonunbuzarliklar haqida vazirlikning 1203 qisqa raqamli "Ishonch telefoni" hamda info@ssv.uz elektron pochta manzili orqali xabar berishga chaqirdi.

 

Ta’kidlanishicha, har bir murojaat belgilangan tartibda tezkor ko‘rib chiqiladi, murojaatchining shaxsi va taqdim etilgan ma’lumotlarning maxfiyligi kafolatlanadi hamda aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.