Jahon

Qamchibek Tashiyev 4 yilga qamaldi

Qirg‘izistonda "75 maktub" ishi bo‘yicha sudlanuvchilarga hukm chiqarildi.

Qamchibek Tashiyev 4 yilga qamaldi

2-iyul kuni Qirg‘izistonning Birinchi may tuman sudi "75 maktub" ishi bo‘yicha hukm chiqardi. Bu haqda Akipress xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, sud barcha sudlanuvchilarni mansab vakolatini suiiste’mol qilish moddasi bo‘yicha aybsiz deb topdi. Shu bilan birga, hokimiyatni zo‘ravonlik yo‘li bilan egallash ayblovi bo‘yicha Qamchibek Tashiyev, Kurmankul Zulushev, Nurlanbek Turgunbek uulu, Kursan Asanov, Aaly Karashev, Emilbek Uzakbayev, Bekbolot Talgarbekov va Kurmanbek Diykanbayev mol-mulki musodara qilingan holda 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

 

Biroq sud ularga nisbatan probatsiya qo‘lladi. Natijada barcha mahkumlarga 3 yil muddatga probatsiya nazorati belgilandi. Bundan tashqari, hibsda saqlanayotgan besh nafar sudlanuvchi sud zalidan ozod qilindi. Ularga nisbatan  qamoq ehtiyot chorasi mamlakat hududini tark etmaslik to‘g‘risidagi tilxat bilan almashtirildi.

 

Mazkur ish siyosatchilar va jamoat arboblari guruhi tomonidan muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga chaqirilgan murojaat — "75 maktub" bilan bog‘liq. Murojaat e’lon qilinganidan so‘ng Qirg‘izistonda qator kadrlar almashinuvi yuz bergan. Jumladan, Qamchibek Tashiyev Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etilgan.

 

Ish bo‘yicha sobiq Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev, deputat Kurmankul Zulushev, Jogorku Kenesh spikeri Nurlanbek Turgunbek uulu, shuningdek, Bekbolot Talgarbekov, Emilbek Uzakbayev, Aaly Karashev, Kurmanbek Diykanbayev va Kursan Asanov sudlanuvchi sifatida jalb etilgan.

 

Ular hokimiyatni zo‘ravonlik yo‘li bilan egallashga tayyorgarlik ko‘rishda ayblangan. Qamchibek Tashiyevga nisbatan, shuningdek, mansab vakolatini suiiste’mol qilish ayblovi ham ilgari surilgan.

 

Avvalroq davlat ayblovchisi ish bo‘yicha barcha ayblanuvchilarni 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etishni so‘ragan edi. Sudlanuvchilar esa so‘nggi so‘zida suddan oqlov hukmi chiqarishni so‘ragan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.