Jahon

Rossiya Kiyevga yuzlab dron va 70 dan ortiq raketa bilan hujum qildi, kamida 21 kishi halok bo‘ldi

Ko‘plab odamlar yaralandi va qariyb 130 ta bino zarar ko‘rdi. Zelenskiy hujumdan talafot ko‘rgan hududga bordi.

Rossiya Kiyevga yuzlab dron va 70 dan ortiq raketa bilan hujum qildi, kamida 21 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukraina poytaxti Kiyevga yuzlab dron va o‘nlab raketalar bilan keng ko‘lamli hujum uyushtirdi. Hujum oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘ldi, ko‘plab odamlar jarohatlandi hamda qariyb 130 ta bino shikastlandi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, tun davomida Kiyev markazida ketma-ket portlashlar sodir bo‘lgan. Minglab aholi bomba panohlariga va metro bekatlariga boshpana izlashga majbur bo‘lgan.

 

Qayd etilishicha, bu hujum kamida may oyidan buyon Kiyevdagi eng ko‘p qurbonlar qayd etilgan hujum bo‘ldi. Urush beshinchi yiliga kirgan bo‘lsa-da, poytaxt bo‘ylab kuzatilgan vayronagarchilik ko‘lami avvalgi hujumlardan biri sifatida baholanmoqda.

 

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Irlandiyaga tashrifini muddatidan oldin yakunlab, to‘qqiz qavatli turar joy binosi qisman vayron bo‘lgan hududga bordi. U ittifoqchilar tomonidan va’da qilingan havo hujumidan mudofaa tizimlari o‘z vaqtida yetkazib berilganida ko‘proq insonlar hayotini va uy-joylarni saqlab qolish mumkin bo‘lganini ta’kidladi.

 

Ukraina Harbiy-havo kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya bir kechada 74 ta raketa va 496 ta dronni uchirgan. Harbiylar ballistik raketalar soni odatdagidan ancha yuqori bo‘lganini va ularni tutib qolish darajasi past bo‘lganini ma’lum qildi. So‘nggi oylarda Ukraina Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun raketalar tanqisligini boshdan kechirmoqda.

 

Rossiya esa zarbalar harbiy va energetika obyektlariga yo‘naltirilganini hamda ular Ukraina tomonidan Rossiya hududiga uyushtirilgan dron hujumlariga javob tariqasida amalga oshirilganini bildirdi.

 

O‘z navbatida, Ukraina Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatidagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berganini ma’lum qildi. 

 

Viloyat gubernatori sanoat obyektiga berilgan zarba oqibatida bir kishi halok bo‘lganini tasdiqlagan.

 

Zelenskiyning aytishicha, Ukraina muzokarachilari chorshanba kuni AQSh vakillari bilan uchrashgan. U AQShning maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner yaqin orada Ukrainaga tashrif buyurishiga umid bildirgan.

custom img

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

custom img

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

custom img

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

custom img

Uyda yolg‘iz qizaloq: Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer 10 yoshli qizga shilqimlik qildi

Qiz voqeadan so‘ng politsiyaga murojaat qilgan va erkak hibsga olingan.

custom img

Ilk qo‘shma investitsiya: AQSH va Ukraina muhim minerallar bo'yicha kelishuv imzolandi

Yangi loyihalarning umumiy qiymati qariyb 70 mln dollarni tashkil etadi.

custom img

Flydubai’dagi hodisa: Tel-Avivga parvozlar to‘xtatildi

Saudiya Arabistonining Tabuk shahriga favqulodda qo‘nganidan so‘ng aviakompaniya reyslarni keyingi xabargacha to‘xtatdi.

custom img

Hindiston-Pokiston chegarasida otishma: ikki pokistonlik halok bo‘ldi

Hindiston OAVlari ularni chegarani buzishga uringan shaxslar sifatida taʼriflagan.

custom img

Maxfiy uchrashuv: Tramp ma’muriyati Eron masalasini muhokama qildi

Uchrashuv AQSh ma’muriyati tomonidan rasman e’lon qilinmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"