Jahon

“Eron AQShning deyarli barcha talablariga rozi bo‘ldi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron bilan muzokaralarda muhim siljish kuzatilayotganini bildirib, yakuniy kelishuvga yaqin qolinganini aytdi.

“Eron AQShning deyarli barcha talablariga rozi bo‘ldi” — Tramp

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan davom etayotgan muzokaralarda sezilarli natijalarga erishilganini bildirib, Tehron Vashington ilgari surgan deyarli barcha shartlarga rozi bo‘lganini ma’lum qildi.

 

CNBC telekanaliga bergan intervyusida Tramp hozirda tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etayotganini qayd etib, yakuniy natija yaqin kunlarda ma’lum bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

 

“Biz muzokaralar olib boryapmiz. Menimcha, ular bizga kerak bo‘lgan deyarli barcha narsaga rozi bo‘lishdi”, — degan AQSh prezidenti.

 

Shuningdek, Tramp AQSh Eron bilan uzoq davom etadigan harbiy mojaroga kirishni istamasligini bildirib, qisqa muddat ichida harbiy maqsadlarga erishilganini ta’kidlagan.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Eronning harbiy salohiyatiga jiddiy zarba bergan va zarurat tug‘ilganda qolgan imkoniyatlarini ham yo‘q qilishga qodir.

 

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida AQSh va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilik keskinlashganidan so‘ng Qatar vositachiligida bilvosita muzokaralar boshlangan edi. Sulh e’lon qilinganiga qaramay, tomonlar bir-birini kelishuvni buzishda ayblagan, biroq keyinchalik muzokaralarni davom ettirishga kelishib olgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"