O'zbekiston

Toshkentda o‘z joniga qasd qilishga uringan yigit qutqarib qolindi

Uchtepa tumanida patrul-post xizmati xodimi va IIV Akademiyasi kursanti Bo‘zsuv kanaliga tushib ketgan yigitni suvdan olib chiqdi.

Toshkentda o‘z joniga qasd qilishga uringan yigit qutqarib qolindi

Toshkentning Uchtepa tumanida patrul-post xizmati xodimi va IIV Akademiyasi kursanti Bo‘zsuv kanaliga tushib ketgan yigitni qutqarib qoldi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti xabar berdi.

 

Hodisa 2-iyul kuni soat taxminan 16:30 da Uchtepa tumani hokimligi binosi oldida o‘tkazilayotgan yoshlar festivali vaqtida sodir bo‘lgan.

 

Jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan ichki ishlar organlari xodimlari patrullik olib borayotgan vaqtda hokimlik binosi ortidan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanalidan suv shovqinini eshitgan. Voqea joyiga yetib borgan Uchtepa tumani IIB patrul-post xizmati xodimi, oddiy askar N. Po‘latbekov hamda IIV Akademiyasining 2-bosqich kursanti D. Xayrullayev kanalga tushib ketayotgan yigitni ko‘rib, uni suvdan olib chiqqan.

 

Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng tez tibbiy yordam brigadasi uni shifoxonaga olib ketgan.

 

Dastlabki tekshiruvda aniqlanishicha, fuqaro internet orqali tashkil etilgan azartli o‘yinlarda katta miqdorda pul yo‘qotganidan so‘ng o‘z joniga qasd qilishga uringan. Holat yuzasidan tegishli tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari va imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini qayd etdi.

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

O‘zbekistonda ishsizlik va qashshoqlik darajasi 4,5 foizgacha pasaydi

Yilning birinchi yarmida 506 ming kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"