O'zbekiston

O'zbekistonda oliy ta’limda yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar joriy etildi

Endilikda OTMlarda dronlar, mobil robototexnika, yashil iqtisodiyot, urbanistika, xalqaro suv diplomatiyasi va boshqa zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha ham mutaxassislar tayyorlanadi.

O'zbekistonda oliy ta’limda yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar joriy etildi

O‘zbekistonda oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanib, Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

 

Qayd etilishicha, o‘zgarishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad oliy ta’lim tizimini zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashtirish hamda iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashdan iborat.

 

Hujjatga muvofiq, bakalavriat bosqichida ekologiya va atrof-muhit, yashil iqtisodiyot, iqlim o‘zgarishi, qayta tiklanuvchi energiya, suv resurslarini boshqarish, mobil robototexnika, uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar), barqaror qishloq xo‘jaligi, ekoturizm hamda temir yo‘l muhandisligi ta’lim yo‘nalishlari joriy etildi.

 

Magistratura bosqichida esa xalqaro energetik siyosat, xalqaro suv diplomatiyasi, sirkulyar iqtisodiyot, barqaror moliya, rivojlanish iqtisodiyoti, ekologiya huquqi, xalqaro savdo huquqi, nazariy va muhandislik fizikasi, urbanistika, barqaror shaharsozlik, iqlimga chidamli o‘rmon xo‘jaligi hamda barqaror turizm mutaxassisliklari ochildi.

 

Bundan tashqari, klassifikatorga yana bir qator o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan, bakalavriatning 760-pozitsiyasidagi yo‘nalish “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” deb qayta nomlandi. Magistraturaning 766-pozitsiyasidagi mutaxassislik “Davlat va harbiy boshqaruv” nomi bilan tasdiqlandi, 799-pozitsiya esa klassifikatordan chiqarildi.

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonga bordi

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonga bordi

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvi hamda MDH sammitida ishtirok etadi.

Ta’limda sun’iy intellekt va ingliz tilidagi darslar: Prezidentga yangi takliflar taqdim etildi

Ta’limda sun’iy intellekt va ingliz tilidagi darslar: Prezidentga yangi takliflar taqdim etildi

Taqdimotda ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarga metodik yordamni kuchaytirish va tizimda zamonaviy yondashuvlarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Toshkentda havo sifati yomonlashdi: hafta oxirigacha davom etadi

Toshkentda havo sifati yomonlashdi: hafta oxirigacha davom etadi

Bunday holatlar tungi va ertalabki vaqtlarda qisqa muddatli kuzatilishi mumkin.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Denis Manturov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Denis Manturov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuvda hamkorlik loyihalari muhokama qilindi.

“Dok-1 Maks” ishi: jabrlanuvchilarga 16,7 mlrd so‘m tovon puli to‘landi

“Dok-1 Maks” ishi: jabrlanuvchilarga 16,7 mlrd so‘m tovon puli to‘landi

Hozirda qolgan 61,3 mlrd so‘m zararni undirish yuzasidan majburiy ijro harakatlari davom etmoqda.

Irkutskdagi o‘lat gumoni: O‘zbekistonning epidemiologik vaziyati qanday?

Irkutskdagi o‘lat gumoni: O‘zbekistonning epidemiologik vaziyati qanday?

Sanepidqo‘mita epidemiologik vaziyat yuzasidan izoh berdi.

48,5 kg narkotik: Afg‘onistondan O‘zbekistonga olib kirilayotgan yuk mashinasi ushlandi

48,5 kg narkotik: Afg‘onistondan O‘zbekistonga olib kirilayotgan yuk mashinasi ushlandi

Bojxona postida yuk mashinasi tekshirilganda, uning pol qismi ostidan 98 ta o‘ram yashirilgan narkotik modda topildi.

Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident dunyoda 645 milliondan ortiq odam ochlikdan aziyat chekayotganini taʼkidlab, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi.